Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#TDT
#Taʻlim_vazirlari_yigʻilishi

TURKIY DAVLATLAR TA’LIM VAZIRLARI YIGʻILISHI O’Z ISHINI BOSHLADI

Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining IX yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.

✔️Unda Turkiy davlatlar tashkiloti, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston ekspertlari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

🔖 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📍Hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazildi.

📚 Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#Ona_tili_va_adabiyot

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11 nafar o‘quvchisi Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi:

Dilso‘z Baxtiyorova – 90.1%
Mohinur Erkinova – 83.3%
Shohista Abdullayeva – 80.7%
Muxlisa Boynazarova – 80%
Mushtariybonu Bahodirova – 79.4%
Parizodabonu Bunyodova – 74.6%
Rayxonoy Mavlonova – 72.3%
Yoqutjon Sultonova – 68.2%
Marjona Ozodbekova – 67.3%
Zarnigor Yangiboyeva – 66.3%
Sevinchoy Alimova – 65.2%

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TDT

📍 Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi davom etmoqda.

❗️ Yig’ilish doirasida bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

✔️ Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
✔️ Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari
Firudin Gurbanov,
✔️ Turkiya delegatsiyasi rahbari Nazif Yilmaz
bilan uchrashib, o‘zaro muzokaralar olib bordi.

Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining yig’ilishi ham bo’lib o’tdi.

✔️Unda TDT, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ta’lim vazirliklari ishchi guruhlari tomonidan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube