XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Zakovat
#Uchrashuv
#Ogahiy_ijod_maktabi

24-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati koordinatori, "Shuhrat" medali sohibi Azamat Matkarimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❇️ Azamat Matkarimov uchrashuv davomida yaqinda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Zakovat"ning respublika bellashuvida munosib ishtirok etgan "Ogahiy" terma jamoasi haqida, ular ko‘rsatgan mardonavor o‘yin tavsilotlaridan so‘z yuritdi.

Uchrashuv yakunida “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan yuborilgan maxsus diplomlar o‘quvchilarga topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#zakovat

BOGʻOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI JAMOASI O'QITUVCHILAR O'RTASIDA BO'LIB O'TADIGAN ZAKOVAT O'YININING RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETISH UCHUN TOSHKENT SHAHRIGA JOʻNAB KETDI.

Xabaringiz bor, 3-noyabr kuni O‘qituvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi o‘tkaziladi!

🏆Ushbu turnirda ishtirok etuvchi Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.🛩

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tarkibi:

1. Dilmurod Roʻzmetov
2. Doniyor Xojaniyazov
3. Mohinur Masharipova
4. Anvar Rozzoqov
5. Gulmira Iskandarova
6. Ikrom Ro'zmetov

🗣Maktab jamoasiga omad yor boʻlishini va respublika bosqichida gʻalaba bilan qaytishini tilaymiz!!!

@BagatPschool

🌐 Telegram | Facebook
👍9🔥1
#Zakovat

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINLARI QIZG'IN DAVOM ETTIRILMOQDA

⭕️ Xiva shahridagi Prezident maktabida an'anaga ko'ra seshanba kuni darslar va to'garaklardan so'ng o'quvchilar orasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkillashtirilib kelinmoqda.

⭕️ Yangiariq tuman IMda Davlat bayrog'i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan o'quvchilar orasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

⭕️ Xiva shahar 1-son IMIda o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida  "Biz bir bayroq ostida birlashamiz" shiori ostida 5-6-7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" o'yini o'tkazildi.

⭕️ Yangibozor tumani IMIda 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" - "Shaxsiy o'yin" o'tkazildi.

⭕️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda jamoaviy tarzdagi "Zakovat" turniri bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#GreenBoosters
#Xiva_Prezident_maktabi
#zakovat

🌿 Eko-Zakovat: esda qolarli ekologik viktorina!

Xiva shahridagi Prezident maktabida "Eko-Zakovat" o'yini bo‘lib o'tdi!

🎉 Ushbu qiziqarli tanlovda 5-, 6-, 7-sinf o‘quvchilari 6 ta jamoada ishtirok etib, o‘z bilimlari va atrof-muhitga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥3
#Erkin_Vohidov_88
#zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

⭕️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-"A" sinf tarbiyachi-pedagogi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 88 yillik yubileyi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

💢 Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan bahsda ''Qor parchasi" va "Jadid avlodlari" jamoasi teng kelishdi va do‘stlik g‘alaba qozondi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Zakovat

✔️14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Yangi O'zbekiston Armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 17-yanvar kuni o'quvchilar o'rtasida "
Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥1
#Zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" bellashuvi o‘tkazildi.

🔘 Bellashuvda maktabning barcha sinflaridan tashkil topgan bilimdon, zukko o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdilar. Bellashuvni maktabning terma jamoasi aʼzolari olib bordilar. Qatnashuvchilarga bir-biridan qiziqarli, soha va fanga oid bo‘lgan savollar taqdim qilindi.

📊 Ushbu yangicha yo‘nalishdagi turnir barchaga birdek manzur bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Shovot_IMI
#Behbudiy_150
#zakovat

MAHMUDXO'JA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGI
NISHONLANMOQDA

✔️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan maktab-internatning 5-,6-, va 7-sinf o'quvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida "Zakovat" turnirining navbatdagi musobaqasi o'tkazildi.

✔️ Shuningdek, 23- yanvar kuni maktab-internat kutubxonasida 5-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida maktab-internat kutubxonachisi Xolboyeva Barno o'quvchilarga buyuk allomaning hayoti va ijodi haqida muhim ma'lumotlarni berdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Zakovat

AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O'QUVCHILARNING BO'SH VAQTLARINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINLARI QIZG'IN DAVOM ETTIRILMOQDA

⚪️ 28-yanvar kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Zakovat" turnirining navbatdagi bellashuv bahslari bo‘lib o‘tdi.

⚪️ Urganch shahar 1-son IMIda tarix va huquq fani o’qituvchisi S.Karimov mas’ulligida "Zakovat"ning ikkinchi mavsumi start oldi.

⚪️ Yangibozor tumani IMIda "Zakovat" intellektual o'yinining qishki mavsum 8-turi bo'lib o'tdi.

⚪️ Xonqa tuman IMda o‘tkazilgan navbatdagi tur o‘yinlarda 5-10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok qildi.

⚪️ Xiva shahar 1-son IMda "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi tur o'yini bo'lib o'tdi.

⚪️ 29-yanvar kuni Shovot tuman IMIda 8-9-10-sinflar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

⚪️ 30-yanvar kuni Xiva 2-son IMda 5-,6-,7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥4
#zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

🏆 GʻOLIBLAR ANIQLANDI!

💐 "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turniri Xorazm viloyat hududiy bosqichi nihoyasiga yetdi.

💰  Bugun respublikamiz bo'ylab Xotin-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual turnirining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Urganch davlat universiteti binosida bo'lib o'tgan Xorazm viloyati hududiy bosqichida 17 ta xotin-qizlar jamoalari qatnashdi. Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollardan iborat jamoalar 36 ta savolga javob izlashdi.

Turnir yakuniga ko'ra:
🥇- o'rin - Adrenalin jamoasi;
🥈- o'rin - Ardaxiva jamoasi;
🥉- o'rin - Valkiriya jamoasi bo'ldi.


📍Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz-pedagoglaridan tashkil topgan "Ardaxiva" jamoasini ushbu g‘alaba bilan qutlab, Respublika bosqichida ham OMAD tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍51🔥1💯1
#zakovat

📣 Joriy yildan boshlab “Zakovat” musobaqalari bahor faslida oʻtkaziladi

Zakovat” musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qoʻmitasining mazkur bahslarni tashkil etish tartibiga doir qaror qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-yildan boshlab — umumiy oʻrta taʻlim maktablari, Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi taʻlim muassasalari hamda oʻrta-maxsus va professional taʻlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasidagi “Zakovat” musobaqalari bahor faslida oʻtkaziladi.

😐 Shunga binoan, musoboqalar joriy yilning aprel-may oylarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, oʻtkazilish sanasi haqida qoʻshimcha maʻlumot beriladi.

📍 Bu muhim! Musobaqa Nizomiga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilining kuzgi mavsumida oʻtkazilgan musobaqa gʻolib jamoa aʼzolariga oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz oʻqishga kirish boʻyicha imtiyoz hamda stipendiya berilgani inobatga olinib, joriy yilgi bahslarda musobaqa gʻoliblariga mazkur imtiyozlar berilmaydi.


👉 Shu munosabat bilan, gʻolib jamoalar aʻzolariga imtiyoz va stipendiyalar berish 2025-2026-oʻquv yilining bahorgi mavsumida oʻtkaziladigan musobaqalardan davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Zakovat
#Xorazm

📸 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichidan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
🔥51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat

🤩 Musobaqaning respublika bosqichi boshlanishidan avval musobaqaning hududiy bosqichidan videorolik namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#zakovat
#birinchi_tur

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi 1-tur jarayonlaridan suratlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#zakovat
#3_tur

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” musobaqasi respublika bosqichining 3-tur jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” musobaqasi respublika bosqichining yakuniy natijalari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat turnirining respublika bosqichi g‘oliblari:

🥇1-o‘rin: Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi;

🥈2-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi;

🥉3-o‘rin: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zakovat

🏆  KASABA UYUSHMASI A'ZOLARI O'RTASIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI

24-aprel kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "O'zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi" munosabati bilan "O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi" doirasida kasaba uyushma a'zolari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Ushbu "Zakovat" intellektual o'yinida:
Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Ziyolilar",
Ogahiy ijod maktabining "Ardaxiva",
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yuksalish"
jamoalari faol ishtirok qilib, sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Kuch - bilim va tafakkurda!

🌐 Telegram | Facebook
👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xonqa_IM
#Zakovat

📢 2024-2025- o'quv yilli davomida Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan "Zakovat" o'yinlari, Xorazm-TV dagi "Breyn Ring" o'yini va "Intellektual Olimpiada"lar qisqa lavhalarda.

Ushbu video maktab mediachilari - Qodirberdiyeva Halima va Sobirboyev Surhoblar tomonidan taqdim qilindi
.

Ilm o'rganishdan ,yangi qobilyatlarni Intellektual o'yinlar orqali kashf etishdan va kitob o'qishdan hech qachon to'xtamang.


🌐
Telegram | Facebook
🔥51
#Zakovat
#Dolzarb_90_kun

Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashabbusligida Xorazm viloyatidagi ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlari o’quvchilari uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o’yinini o’tkazildi.

📍O’yinda 7 ta maktabdan 11 ta jamoa qatnashdi.

Natijalarga ko’ra,

🥇o’rinni - Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi;

🥈o’rinni - Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining MINDVERSE jamoasi;

🥉o’rinni - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi egalladi.


G’olib jamoalar maktab-internati tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
🔥6