XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Sport
#Ogahiy_ijod_maktabi

📍Joriy yilning 6-sentabr sanasida "Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabida jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Laylo Xurmatova va tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 8-sinflar o‘rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil qilindi.

🏵 Musobaqada "Chaqqonlar" va "Kelajak yoshlari" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

🏆 Sport musobaqasida jamoalar o‘zaro "Quvnoq to‘pchalar", "Fishkadan o‘tish" va "Kim birinchi bo‘ladi?" shartlari bo‘yicha bellashdilar. Qiziqarli tarzda o‘tgan bellashuv yakuniga ko‘ra 8-"B" sinfining "Kelajak yoshlari" jamoasi g‘olib deb topildi.


🌐 Telegram | Facebook
👍1
#sport_maktablari

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi.

Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.

Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktablari

✔️ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida tashkil etilgan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

📍 Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi, sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi, Sport gimnastikasi bo‘yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana Chusovitina, gimnastika maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi. Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.


Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 74 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#sport
#musobaqa

🟢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "1-OKTABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI"ga bag'ishlab "USTOZ, SIZGA MING TA'ZIM" shiori ostida sportning shaxmat turi bo’yicha musobaqalar start oldi.

🟢 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-a va 6-b sinf o'quvchilari o'rtasida va 5-sinf o'quvchilari o'rtasida futbol bo'yicha maktab musobaqasi o'tkazildi. Shuningdek, maktab-internati o'quvchilari va Urganch shahrida Yoshlik sport majmuasining "Shaxmat" to'garagi a'zolari bilan shaxmat bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Besh_tashabbus
#Sport

O'quvchilar o'rtasida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarining Xiva shahar bosqichida "Yengil atletika", "Futbol" va "Shashka" sport turlaridan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari faol qatnashdilar.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sportning Futbol turi bo’yicha maktab chempionati uchun o’yinlar davom etmoqda.

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarining Xiva shahar bosqichida "Shashka" va "Yengil atletika" sport turlaridan Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari faol qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport

🔺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qiliish va sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha musobaqalar o'tkazilmoqda. Shuningdek, "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida sportning FUTBOL turi bo‘yicha 13 ta jamoa ishtirokida maktab birinchiligi musobaqalarining saralash o‘yinlari o‘tkazildi.

🔺Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-9- sinf o'quvchilari o'rtasida sportning MINI FUTBOL turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🔺Xiva shahar 2-sin ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari jamoasi SHAXMAT bo'yicha mumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Maktab ligasi" musobaqasining Xiva shahar bosqichi birinchiligida 1-o'rinni egalladi.

🌐 Telegram | Facebook
👌1
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik
#Hamkorlik
#Sport

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida 16-noyabr kuni "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida "Unity Cup" turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu bellashuvda 8 ta maktab o'rtasida qizg'in bellashuvlar olib borildi. Turnirda futbol, stol tennisi, shaxmat, qizlar va o'gil bolalarning volleybol o'yinlari o'tkazildi.

🤝Do'stona uchrashuvda ustozlar va o'quvchilar nafaqat raqobatlashdilar, balki tajriba ham almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👌1
#Hamkorlik
#sport

🏹 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan o‘quvchilarda vatanparvarlik va mardlik tuyg‘ularini yanada shakllantirish maqsadida Urganch shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil qilingan kamondan o‘q otish bo‘yicha sport musobaqasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari faol ishtirok qildilar.

Musobaqada:

🥇Xiva shahridagi Prezident maktabi - 1-o'rin,
🥈Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - 2-o‘rin,
🥉Ogahiy nomidagi ijod maktabi - 3-o'rinni egallashdi.

G‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.

🌐Telegram | Facebook
👍1🔥1
#Sport
#Shovot_IMI

🏐 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida BESH TASHABBUS  doirasida  7-,8-,9-sinflar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha ichki chempionat o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Sport
#Tuproqqalʻa_IM

Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-a sinf o'quvchisi

🥈 Jumaniyozov Bilolbek sportning Shotakan karate-do turi bo'yicha Respublika bosqichida 2-o'rinni egalladi va kumush medalni qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, Bilolbek matematika fanidan ham eng iqtidorli oʻquvchilar safiga kiradi. Barcha fan olimpiadalarida kuchli uchtalikda uning oʻrni bor.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Sport
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏓 Maktab o'quvchilari o'rtasida "Umid nihollari" sport musobaqasining Stol tennisi Xiva shahar birinchiligida
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi:

🌟 5-6-sinf o'quvchilari (o'g'il bolalar) o'rtasida - Baxtiyorov Dilsiroj 2-o'rin;
🌟 7-8-sinf o'quvchilari (qiz bolalar) oʻrtasida - Davlatyorova Mohinur 2-o'rin;
🌟 7-8-sinf o'quvchilari (o'g'il bolalar) o'rtasida - Matkarimov Otabek 2-o'rin;
🌟 9-11-sinf o'quvchilari (o'g'il bolalar) o'rtasida - Matkarimov Faxriddin 3-o'rin.

🏆O'quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va keyingi o'qishlarida, tanlov va musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz.


🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Xiva_Prezident_maktabi
#Sport

CHAVANDOZLIK DARSLARI DAVOM ETMOQDA!

🔰 Xiva shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi bilan hamkorlikda ot sport turlari bo'yicha ko'rgazmali mahorat darslari o'tkazildi.

🐎 Bu kabi mashg'ulotlar o'quvchilarda milliy sport turlarimizga bo'lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Kundan-kunga ot sportiga qiziquvchi o'quvchilar safi kengaymoqda.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Tuproqqalʻa_IM
#sport
Tuproqqalʼa tuman IMning iqtidorli oʻquvchilari safida sport bo'yicha faol oʻquvchilar ham borligi quvonarli holdir.


 Jumaniyozov Bilolbek - 6-sinf oʻquvchisi. Karate sporti

🏆G'alabalar soni : 53 ta
✔️Oʻrta Osiyo turnirida faxrli 🥇oʻrin,
✔️Oʻzbekiston chempionatida faxrli 🥇🥈🥉oʻrinlar
✔️Jahon chempionati qatnashchisi.
Murabbiy: Sultonov Oxunjon

Saparboyev Ravshan - 7-sinf oʻquvchisi. Turon yakka kurash sport turi

🏆 G'alabalar soni:17 ta.
✔️Respublikada 2 marotaba ishtirok etib, 🥈🥈kumush medallar sohibi.
Murabbiy: Roʻzimov Zokir

Rejepbayev Akbarshox - 7-sinf oʻquvchisi. Turon yakka kurash sport turi

🏆G'alabalar soni: 24 ta.
✔️Respublikada 4 marotaba ishtirok etib,🥇oltin,🥈 kumush va 🥉🥉 bronza
Murabbiy: Roʻzimov Zokir

Isayev Saidabdulla 7-sinf oʻquvchisi. Turon yakka kurash sport turi

🏆G'alabalar soni: 16 ta.
✔️ Viloyat musobaqalarida 🥇🥇🥇🥇oltin medallar sohibi bo‘ldi.
Murabbiy: Roʻzimov Zokir

🌐 Telegram|Facebook
🏆5
#sport
#Shovot_IMI

🚴‍♀ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi D.Matyaqubov tomonidan maktab-internat qizlar va o'g'il bolalar o'rtasida VELOSPORT MUSOBAQASI o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍5
#sport_musobaqasi

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”
sport sinovlari oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sport hamda boshqa tegishli vazirliklar hamkorligida joriy yilning 7-30-aprel kunlari barcha umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari boʻlib oʻtadi.

Ushbu bahslarda qatnashish ixtiyoriy boʻlib, ishtirokchilar my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.

Ixtiyoriy sport sinovlar umumiy oʻrta taʻlim maktablarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning natijalari ushbu platformada baholanadi va oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

📍 Gʻoliblarga maxsus Diplom, esdalik sovgʻalar hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovining I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshiriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
#Sport
#Tuproqqalʻa_IM

Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"A" sinf oʻquvchisi

🥇 Jumaniyozov Bilolbek sportning karate turi boʻyicha "Ochiq Xorazm chempionati"da faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Ushbu oʻquvchining medallari soni 70 taga yaqinlashib qolgani quvonarlidir.


Oʻquvchimizni va uning ota-onasi va ustozlarini yutuqlar bilan tabriklaymiz!


🌐 Telegram | Facebook
👏3
#Sport
#Urganch_shahar_1_son_IMI

SPORT - SOG‘LIK GAROVI

🏀
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining ixtiyoriy talablar bo'yicha o'quvchilardan sinovlarni qabul qilish jarayonlari yuqori saviyada o'tkazilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#qabul_2025
#sport_maktablari
#1_iyun_20_iyun

🔔 SPORT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 1-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma nusxalari;
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati va kuboklarida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil) davomida g‘olib, sovrindor bo‘lganligini tasdiqlovchi diplom.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqqalʼa_IM
#sport

🏹 Joriy yilning 5-iyun kuni Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Sportning kamondan otish turi bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar (o'g'il va qiz bolalar) o'rtasida Xorazm viloyati hokimi kubogi musobaqasi o'tkazildi.

🥇 Musobaqada Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi Tairov Asadbek faxrli 1-o'rinni egalladi.

Murabbiy: Raxmonov Alisher. Tuproqqalʼa tumani IM oʻqituvchisi.

⚡️ Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni,  ustozi va butun maktab jamoasini tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍21
#Yangiariq_IM
#sport

⚽️ Samarqand shahrida 8-12-iyul kunlari futbol bo’yicha 2013-2014-yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida "SHERDOR CUP" Respublika turniri musobaqasi o'tkazildi.

Mazkur turnirda 16 ta jamoa g'oliblik uchun bellashdilar, Xorazm futbol maktabi jamoasi musobаqada faxrli II o'rinni qo'lga kiritdi.

⚡️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-"B" sinf o'quvchisi Xudoyberganov Javohir Jasur o'g'li shu jamoa o'yinlarida faol qatnashganligi - biz uchun faxr.

Javohirning keyingi òqish va sport sohasidagi faoliyatiga omadlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍10