XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#imtihon_2023
#ikkknchi_bosqich
#prezident_maktablari

⚡️ Bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌐 Quyidagi havolalar orqali hududlardagi jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI

Andijon shahridagi Prezident maktabi
Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Guliston shahridagi Prezident maktabi
Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Qarshi shahridagi Prezident maktabi
Navoiy shahridagi Prezident maktabi
Namangan shahridagi Prezident maktabi
Nukus shahridagi Prezident maktabi
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
Samarqand shahridagi Prezident maktabi
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
Xiva shahridagi Prezident maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi

🗣Eslatma, Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

❗️Ma'lumot uchun, imtihonlar 1 smenada o‘tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 1-yarim yillikdagi faoliyati tahliliga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
VILOYAT HOKIMI PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICH JARAYONLARI BILAN TANISHDI

Xabaringiz bor, bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xiva sharidagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari Lee Sang Hyuk va Donovan Benedict Solomanslar tomonidan nazorat qilindi.

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov imtihon jarayonlari bilan yaqindan tanishib, xorijiy mutaxassislarning fikrlari bilan qiziqdi. O‘quvchilarga omad tiladi.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔴 PREZIDENT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI
31.07.2023
📲@XorazmTELEKANAL✔️

🌐 Telegram | Facebook
⭕️⭕️⭕️⭕️

📌 “KITOBXONLIK FESTIVALI” XORAZMDA

🔵Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ni o‘tkazib kelmoqda.

⚡️Navbatdagi festival Xorazm viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

⚠️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni 18-avgust kuni "Kitobxonlik festivali"ga chorlab qolamiz!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site|AudioErtak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
⚡️ Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, 1-avgustdan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

📺📺 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.



Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli abiturentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Joriy yil 1-avgust kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi.

Imtihonlari bo‘lib o‘tadigan binolarga abiturentlar kelib ketishlari uchun imtihon kunlari soat 7:00 dan 20:00 gacha qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil qilаdi.
1. Urganch shahar “Yoshlik” ko‘chasida joylashgan Yoshik sport majmuasi manejiga 5- va 19-yo‘nalishlari.

2. Urganch tuman “Yuqori ovul” mahallasida joylashgan bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosiga 2-A yo‘nalishidagi vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi tashkil qilanаdi.

(Ma’lumot uchun: 21A-yo‘nalishidagi avtobus - “Urganch buyum bozori avtostansiyasi- Urganch tumani 48-sonli maktab” markaziy dexqon bozori avtostansiyasi orqali harakatlanadi.)

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Xorazm viloyati transport boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Urganch shahar Gurlan ko‘chasi 2-A uy, tel: 62-2293037

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Yangiliklar

O'zbekistondan qo'ng'izlarning yangi turlari kashf etildi

Caucasian Entomological Bulletin jurnalida ajoyib bir maqola chop etildi. U yerda O'zbekiston g'arbidan 2021-2023-yillarda olib borilgan koleopteriologik ekspeditsiya natijalari e'lon qilingan. Asosiy urg'u qora qo'ng'izlar (Tenebrionidae) oilasiga qaratilgan. Maqolaning yetakchi muallifi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktab biologiya fani o'qituvchisi, yosh koleopterolog olim

Norbek Bekchanov bo'ladi.

🐞Maqolada mamlakatimiz g'arbidan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston) qora qo'ng'izlarning 79 turi qayd etilgan. Ushbu turlar ichida 4 takson fan uchun yangi hisoblanadi.

👉 Diaphanidus mamuni Nabozhenko & Bekchanov, 2023

👉 Diaphanidus crassiantennatus Nabozhenko & Bekchanov, 2023

👉 Zophosis scabriuscula karakalpakensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023

👉 Penthicinus amudariensis Nabozhenko & Bekchanov, 2023

🌐 Telegram | Facebook
🎉2🤩1
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

Yosh kashfiyotchi bilan tanishing:

Norbek Bekchanov
- 27 yosh, Xorazmda biologlar oilasida tug'ilgan. Milliy universitetning biologiya yo'nalishida 2016-2022-yillarda bakalavr va magistraturani tugatgan. Xiva Ma'mun akademiyasi tayanch doktoranti.

Talabaligida biologiyadan o'tkazilgan Respublika olimpiadalarida g'olib bo'lgan. 2019-yilda hujayra.uz da o'tkazilgan tanlovda ham g'olib bo'lgan edi. Ayni vaqtda yosh olim O'zbekistonning qanotsiz qora tanli qo'ng'izlarini o'rganmoqda.

📋PhD mavzusi -"O’zbekiston Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) tribasi qanotsiz qora tanli qo’ng’izlari". O'tgan yili ham yangi qo'ng'iz turini Psammocryptus bogatchevi kashf qilgan edi.

⚡️N.Bekchanov Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tuizimidagi Xonqa tumani IM da faoliyat olib bormoqda. Bilimi, iqtidori va mas'uliyatliligi bilan jamoada hurmat qozongan. Yosh ustozga ilmiy va pedagogik faoliyatida faqat va faqat omad tilab qolamiz!

🌐
Telegram | Facebook
👏7🔥4
⚡️⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR  UCHUN MATEMATIKA FANIDAN MASALALAR TO‘PLAMI QO‘LLANMASINI  YARATISH BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVI O‘TKAZILADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi  tomonidan
6-sinflar uchun matematika fanidan masalalar to‘plami qo‘llanmalarini yaratish ishlari boshlandi.

Masalalar to‘plami qo‘llanmasi:

TALAB ETILADIGAN MUTAXASSISLAR:
🔹️ Tuzuvchi-mualliflar
🔹️ Illyustratorlar
🔹️ Dizayner-verstkachilar
🔹️ Mas’ul muharrirlar
🔹️ Musahhihlar

‼️Tanlovda qatnashishni istaganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ishtirok etish uchun ariza;
  ma’lumotnoma-obyektivka (telefon raqam ko‘rsatilgan holda), pasport nusxasi
partfolio (ish tajribasi)


Hujjatlarni https://mail.piima.uz elektron manziliga yuborish talab etiladi.

BOGʻLANISH UCHUN:
Telefon: (71) 207-20-17
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 1-A uy.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | O‘zbekistonlik o‘quvchilar jahonni zabt etmoqda
#uzbekiston24

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarimizda matematika, fizika, kimyo, biologiya, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi. Bunday o‘qitish tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchanlik kabi qobiliyatlar rivojlanadi.

🔹 Bugungi kunda Xalqaro olimpiadalarda yuksak natijalarga erishayotgan o‘quvchilarimiz haqida "O‘zbekiston 24" telekanali tomonidan maxsus reportaj tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#imtihon_2023

📣5-AVGUST KUNI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONIDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun 5-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan saralash imtihonlari soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak.

Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#imtihon_2023
#ikkinchi_bosqich
#prezident_maktablari

⚡️Xabaringiz bor, 31-iyul kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi "Yoshlik "sport majmuasida Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📺 Ushbu lavhada jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
2👍2