XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
🌐 Suratdagi universitetda muhandislik va biznes yo'nalishida o'qishni hohlaysizmi?

Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetiga xush kelibsiz! 🔠🔠🔠🔠

Bu yerda siz rivojlangan infratuzilmali kampusda o‘qishingiz, loyihalar ishlab chiqishingiz, tadqiqot o‘tkazishingiz va faol hayot tarzini olib borishingiz mumkin.

Mavjud yo'nalishlar:
AEROKOSMIK MUHANDISLIGI ✈️
KOMPYUTER MUHANDISLIGI 💼
MASHINASOZLIK MUHANDISLIGI
QURILISH ISHI 🏠
ARXITEKTURA VA DIZAYN 🖼
DASTURIY TA'MINOT ✉️
BIZNES BOSHQARUV 🎛

✔️ Bu yil 700ta dan ortiq talabani qabul qilish ko'zda tutilgan. Ulardan 100 nafari grant olish imkoniyatiga ega. Shu vaqtgacha 500 nafar talaba qabuldan muvofaqiyatli o'tgan.

🅾️ Qabulning oxirgi imtihonlari 10-15 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

📊 O'qish va imtihon jarayonlari ingliz tilida olib boriladi. Unda siz Yevropaning muhandislik universitetlari orasida Top-10ga kiruvchi Italiyaning Politecnico di Torino diplomini olishingiz mumkin. Bu diplom 120dan ortiq mamlakatlarda, hatto AQSHda ham tan olinadi.

🔼 Mamlakatning eng nufuzli universitetlaridan biriga kirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

‼️ Hujjatlarni qabul qilish 7 iyul — juma kunigacha davom etadi.

⚡️ Ro’yhatgan otish uchun — https://polito.uz/admission-info/

Rasmiy telegram kanal —
t.iss.one/polito_uz ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi o'tkazilmoqda

Konferensiya boshida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so‘zga chiqib, mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

🎗Mazkur konferensiyani o'tkazishning asosiy maqsadlaridan biri bu jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tatbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

🔁 English

#xalqaro_konferensiya

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tadbir ishtirokchilarini bugungi tadbir bilan qutladi va mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Bugungi O‘zbekiston davlati joylashgan zamin qadimda ikki buyuk uyg‘onish davriga beshik bo‘lgan. Bu qutlug‘ maskanda Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Termiziy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy kabi buyuk daholar yetishib chiqqan.

Ushbu ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish uchun so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga katta e’tibor berilmoqda. Aholisining 50 foizdan ortig‘i 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun ta’lim katta strategik masala ekanligini aytsam mubolag‘a qilmagan bo‘laman.

2030-yilga qadar ta’lim tizimida qanday ishlar amalga oshirilishi xususida “Ta’lim — 2030” konsepsiyasida aniq belgilab olingan. Ushbu konsepsiya doirasida hozirga qadar sohada ko‘plab natijalar qayd etildi”.


Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Iqtibos

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Iqtibos
#Xalqaro_konferensiya

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilarining tadbirdagi nutqlaridan iqtibos.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#faxrimiz

BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR!

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Alisher Ortiqov dunyoning top universitetlaridan biri KAIST universitetiga talaba sifatida qabul qilindi.

⚡️O'quvchimizni grant sohibi bo'lgani bilan muborakbod etamiz! Kelajakdagi maqsadlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar yor bòlishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Qabul_2023
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#10_iyun_10_iyul

🖇 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar uzaytirildi.

XORAZM VILOYATI BO‘YICHA:

1. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

2. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati -
aniq fanlar (5-sinf) yo‘nalishi mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 9-sinf (aniq fanlar)da mavjud

3. Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud

4. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 8-,11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

5. Qo‘shko‘pir  tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

6. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud.
Shuningdek, bo'sh o'rin - 10-sinf (aniq fanlar) va 10-sinf (tabiiy fanlar)da mavjud

7. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud.
Shuningdek, bo'sh o'rin - 8-sinf (tabiiy fanlar)da mavjud

8. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) yo‘nalishi mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 6-,10-,11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

9. Xiva shahar 2-son  ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) yo‘nalishi mavjud
Shuningdek, bo'sh o'rin - 10-,11-sinf (aniq fanlar)da mavjud

10. Tuproqqal'a  tumani ixtisoslashtirilgan maktabi -
aniq fanlar (5-sinf) va
tabiiy fanlar (7-sinf) yo‘nalishlari mavjud

11. Xiva shahar 1-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internati
aniq fanlar (5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinf)  yo‘nalishi mavjud

📆 Qabul shu yilning 10-iyuliga qadar (shu kuni ham kiradi) davom etadi.

🔍 IMTIHONLAR:

Aniq fanlar
uchun imtihonlar:
5-7- sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq),
8-11- sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya 8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq).

Tabiiy fanlar uchun imtihonlar:
7-sinflar uchun tabiiy (Science) fandan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq,
8-11- sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo 20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq).

🔺 2023/2024-o'quv yiliga Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul bo'yicha batafsil




☎️ Call markaz: 12-06


🌐 Telegram | Facebook
#qabul_2023
#10_iyun_10_iyul

📣 Xorazm viloyatida 2023-2024-o‘quv yilida YANGI TASHKIL ETILGAN

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga
hujjatlar onlayn qabuli davom etmoqda.

Ushbu ta'lim dargohida aniq fanlar 11-sinfiga o‘quvchilar taklif qilinadi.

📆 Qabul shu yilning 10-iyuliga qadar (shu kuni ham kiradi) davom etadi.

🔍 IMTIHONLAR:

Aniq fanlar
uchun imtihonlar:
11- sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya 8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq).

🔺2022-2023 o‘quv yilida Asosiy fan olimpiadasi viloyat bosqichi g‘oliblariga imtiyoz mavjud.

📌 Shuningdek, o‘quvchi ariza.piima.uz saytida hujjat topshirishda ikkita ixtisoslashtirilgan maktabni tanlash imkoniyatiga ega.

🌐 Telegram | Facebook