XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#fotoreportaj

❗️Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining dastlabki, yozma ish bosqichi davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
⭐️“Xorijiy tillar” marafoniga start berdik

Butun O’zbekiston yoshlarini qamrab oluvchi ushbu marafonning navbatdagi mezboni – Xorazm viloyati. 16-17- iyun kunlari barcha xorazmlik yoshlarni safimizga chorlab qolamiz. 16-iyun kuni soat 10:00da Urganch shahridagi yoshlar markazi binosida va 17-iyun kuni soat 10:00da UrDU binosida mazkur marafon bo’lib o’tadi.

Siz ham til o’rganuvchisimisiz? Yangi do’stlar va energiyaga boy uchrashuv ishtirokchisiga aylanishni xohlaysizmi? Unda hoziroq @ibrat_register_bot orqali ro’yxatdan o’ting va “Xorijiy tillar” marafoni ishtirokchisiga aylaning!

Ushbu marafonda faol ishtirok etgan yoshlarga xorijiy tillar imtixon xarajatlari uchun maxsus vaucherlar taqdim etiladi.

Batafsil bizda 🕊 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
no comment | Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining dastlabki, yozma ish bosqichi qizg‘in jarayonlarga boy bo‘ldi.

Ochiq osmon ostidagi muzey — Ichanqal’a tarixiy majmuasiga sayohat davomida mehmonlarga shaharning boy o‘tmishidan so‘zlovchi tarixiy va madaniy obidalar xususida zarur ma’lumotlar berib o‘tildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#olimpiada_sayohatlari
#ichanqala

🔴 Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari Xiva shahrida joylashgan ochiq osmon ostidagi muzey — Ichanqal’a tarixiy majmuasiga sayohat qilishdi.

📍Katta taassurotlarga boy o‘tgan mazkur sayohat tadbirlari davomida mehmonlarga shaharning boy o‘tmishidan so‘zlovchi tarixiy va madaniy obidalar xususida zarur ma’lumotlar berib o‘tildi.

📍Sayohat so‘nggida olimpiada ishtirokchilari va ularning ustozlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Turkiy davlatlar tashkiloti Ta’lim vazirlarining VII uchrashuvi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yana bir yangi va muhim sahifani ochib berdi.

Turkiy davlatlar uchun ahamiyatli va muhim bo‘lgan ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirdik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

2 kun davomida ko‘hna Samarqand zaminida Turkiy mamlakatlardan tashrif buyurgan ta’lim vazirlari va mas’ul vakillari ishtirokida maktabgacha va maktab ta’limidan tortib, oliy ta’limga bo‘lgan muhim masalalar qamrab olindi. Manfaatli muzokaralar olib borildi, keng qamrovdagi ijobiy tashabbuslar ilgari surildi.

Jumladan, O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida bir nechta takliflarni ilgari surdik.
Delegatsiya a’zolari tomonidan YUNESKO Toshkent deklaratsiyasi doirasida belgilangan vazifalar va maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish zaruriyati muhim ekanligi e’tirof etildi.

Kun tartibidagi muhim masalalardan biri bu qardosh maktablar o‘rtasida hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘ldi. Xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini joriy etish orqali tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari bilan Turkiy davlatlar Kengashi Orxun almashinuv dasturida hozirda 49 ta universitet o‘rin olganligi va ushbu dasturni yangi pog‘onaga olib chiqish masalasini ko‘rib chiqdik.

Shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro olimpiadalarni o‘tkazish tajribasi shakllanganini e’tiborga olgan holda 2024-yilda Turkiy davlatlar Kengashi doirasida Toshkent shahrida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish mas’uliyatini o‘z zimmamizga oldik.

Ikki kun davom etgan uchrashuvda ta’lim sohasida Turkiy davlatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va fan salohiyatini rivojlantirish uchun ilmiy bilimlar almashish vazifalarini belgilab oldik.

Bugun har bir mamlakat ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangicha format yaratmoqda. Davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yanada rivojlantirish orqali esa yosh avlodni dunyoga tenglasha oladigan qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Qardosh davlatlar bilan do‘st va hammaslak bo‘lsak, albatta, ta’lim sifatini rivojlantirib, yuqori bosqichga olib chiqamiz. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki har bir davlat taraqqiyoti uchun juda muhim va zarur bo‘ladi. 
Imkoniyatlarimiz teng huquq va teng imkoniyatli boʻlishi zarur. Bolani tug‘ilgandan boshlab o‘qitishga erisha olsak, muvaffaqiyatga erishamiz.
#tanlov
#ishga_talkif_etamiz

📣 TANLOV BOSHLANDI

❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan RAHBAR VA PEDAGOG kadrlar diqqatiga!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar

💼 Bo‘sh ish o‘rinlari

📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari
job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM