XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#Foydali

✔️ Bugungi kunda Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi va 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud bo'lib, ushbu muassasalar faoliyati bilan tanishtiramiz.

1. Xiva shahridagi Prezident maktabi - 2019-yilda tashkil topgan.
Telegram -
https://t.iss.one/PSinKhiva

🔺2023/2024-o'quv yiliga Prezident maktablariga qabul bo'yicha batafsil


2.
Ogahiy nomidagi ijod maktab-internati - 2019-yilda tashkil topgan.
Telegram -
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🔺
2022/2023-o'quv yiliga Ijod maktablariga qabul jarayonlari bo'yicha batafsil


10
ta Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari esa 2022-yil sentabrdan o'z faoliyatlarini boshladilar:

1. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/shovotPIIMAschool

2. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/yangib_ixtisosl

3. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/SpecializedschoolinYangiarik

4. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/HazoraspIMA

5. Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati

6. Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/T2022PIMA

7. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/SSinKhanka

8. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/qushkupirPIIMAschool

9. Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/BagatPSchool

10. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/Urganch_IMI

🔺 2023/2024-o'quv yiliga Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul bo'yicha batafsil


🔜 Ma'lumot uchun, 2023-2024-o'quv yilidan Agentlik tasarrufida yana bir ta'lim muassasasi -
Xiva shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (aniq va tabiiy fanlar) ham o'z faoliyatini boshlashi kutilmoqda, ushbu maktab-internat sobiq Xiva shahar Bolalar shaharchasi o'rnida tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

⚡️⚡️⚡️⚡️
#Bugun

6-iyun – Rus tili kuni

◽️ Rus tili kuni har yili 6-iyunda nishonlanadi. U 2010-yilda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan ko‘p tillilik va madaniy xilma-xillikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Rus tili - BMTining oltita rasmiy tillaridan biri bo'lib, bu tilda dunyo bo'ylab 258 milliondan ortiq kishi so'zlashadi. Bu eng keng tarqalgan slavyan tilidir.

💬 Rus tili kunida butun dunyodagi odamlar rus tili va madaniyatini o‘rganish, rus adabiyotini o'qish, rus filmlarini tomosha qilish, yangi ruscha so'z va iboralarni o'rganish, madaniy tadbirlarda qatnashish va boshqalar orqali nishonlaydilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv

🌿 5-iyun Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan o'q otish tanlovida Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf o'quvchisi

🥉Ulug'bekov Azizbek 3-o'rin sohibi bo'ldi.

⚡️ G'alaba muborak, Azizbek!

🌐 Telegram | Facebook
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
talabgorlar o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Davlat_imtihoni

📸 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'quv dargohlarida bo'lib o'tgan yakuniy imtihonlardan lavhalar:

Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o'quvchilari uchun tarix fanidan va 11-sinf o'quvchilari uchun fizika, ingliz tili fanlaridan;

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf bitiruvchilariga ona tili va adabiyot fanidan;

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining 9-d sinf o'quvchilariga tarix fanidan va 11- sinf bitiruvchilariga ingliz tilidan Yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

📸 6-iyun kuni xtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi o'quv dargohlarida bo'lib o'tgan yakuniy imtihonlardan lavhalar;

Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o‘quvchilariga ona tili va adabiyot;

Hazorasp tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 9-11 -sinf o'quvchilari uchun ingliz tili, ona tili va adabiyot;

Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf o‘quvchilariga ona tili va adabiyot fanidan yakuniy Davlat imtihonlari o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Oromgoh

YANGIBOZOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI "SHUNQOR" BOLALAR OROMGOHI FAOLIYATIDAN

"Shunqor" bolalar oromgohida Yangibozor tuman axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Yoz - o'tmoqda soz" mavzusida ertalik o'tkazildi.

🎭 Ertalikda bolalar ozlari yod olgan sheʼrlaridan o'qib berdilar va G'.G'ulomning "Shum bola" asaridan sahna ko'rinishi namoyish qildilar. Oromgohda bolalar bo'sh vaqtlarida ertaklar va hikoyalar mutolaa qilayotganliklarini aytib, sevgan asar qahramonlari haqida gapirib berdilar. Ertalik qizg'in suhbat va munozaralarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook