XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.29K videos
32 files
5.98K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
📢 Hurmatli ota-onalar va aziz o'quvchilar!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Sizlarni 2023-yil 22-23-may kunlari soat 9:00 dan 15:00 gacha bo'lib o'tadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

📌  "Ochiq eshiklar" kunida
:
Ixtisoslashtirilgan maktab-internati haqida ma’lumotlar;
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi ixtisoslik fanlar;
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar;
Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisiga qo‘yilgan talablar haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.


✔️ Tadbir yakunida maktab bo'ylab sayohat amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun: 62 223 20 49, 62 223 20 31

Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi

Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominasiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi;

2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar ta’qiqlanadi:

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha_ishi

🖇🖇 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-A sinfida adabiyot fanidan "Kitoblar uchun sizdan minnatdorman" deb nomlangan loyiha ishi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu taqdimotga ota-onalar taklif qilindi va o'quvchilar sinfdan tashqari o‘qigan kitoblari, ulardan olgan hayotiy xulosalari haqida gapirdilar. Ota-onalariga ular sovg‘a qilgan, olib bergan kitoblari, o‘qish uchun yaratib bergan sharoitlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

🖇🖇 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-D sinf o'quvchilarining matematika fanidan loyiha ishi taqdimoti fan o'qituvchisi G.Hasanova boshchiligida bo'lib o'tdi. Jamoa bo'lib tayyorlagan loyiha ishlarini o'quvchilar taqdimot qilishdi.

🖇🖇Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 5-A sinf o'quvchilari "Fazoviy shakllarni yasash" mavzusida loyiha ishi o'tkazdilar. "Kub. Silindr. Konus. Piramida." mavzusida o'quvchilar shakllarni amalda bajarib koʻrdilar. Loyiha jarayoni juda qiziqarli tarzda o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat
#Xalqaro_oila_kuni

🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabida 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Biz bir oilamiz" shiori ostida maktab psixologi N.Kariyeva tomonidan houslar o'rtasida psixologik trening tashkil etildi.

♻️ Trening avvalida houslar uchun maktabning barcha pedagoglari tomonidan oilaviy shajaralar tashkil etildi va treningda ular bir oila tarzida ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#GMAT_Sertifikati
#Tabriklaymiz

⚡️ Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yana bir matematika fani o'qituvchisi

✔️  Matnazarov Doniyor Shuxratovich xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritdi.

📌Ma'lumot uchun,  ushbu xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to'lanishi belgilangan.

Maktab jamoasida bungacha ham bir nechta ustozlar bunday sertifikatni qo'lga kiritishgan edi.

Yutuqlar bardavom bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

17-may - Halima Xudoyberdiyeva (1947-2018) tug'ilgan kun

Halima Xudoyberdiyeva yigirmadan ortiq she'riy to'plamlar, dostonlar va publitsistik maqolalar yaratgan.
🎗1992-yilda "O'zbekiston xalq shoiri" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

SHUNCHAKI

Men shunchaki o’ylagim kelmas,
Xayol-sharob misol qilsin sarxush, mast.
Men shunchaki kuylagim kelmas,
Ovoz pardalarim chidab bersa bas.

Shunchaki sevilmoq-baxti qoralik,
To’la tole uchun bu kemtik, bu kam.
Mening qalbim shunday sevgiga molik,
Bir charsillab yonay, so’ngra so’nsam ham.

Shunchaki kulmoq ham istehzodek gap,
Birdan qah-qah uray, cho’chib ketsinlar.
Boshlariga osmon tushganday qulab,
G’aflat bandalari yoqa tutsinlar.

Shunchaki yig’lash ham yarashmas bizga,
Uni eplar faqat yuragi toshlar.
Shunday yig’lay, hojat qolmasdan so’zga,
Qurg’oq ko’zlardan ham to’kilsin yoshlar.

Shunchaki yozmoqchi, ko’ngil to’lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim.
Shunchaki yozganga chidab bo’lmaydi.
Shunchaki yozmoq bu – shoirga o’lim.

🌐 Telegram | Facebook