XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#RAHBAR_VA_YOSHLAR_UCHRASHUVI

🏫 Bugun Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI doirasida davra suhbati o'tkazildi.

❇️ Mazkur tadbirga TATU Urganch filiali direktori O'tkir Matyaqubov hamda PTMA Xorazm viloyati hududiy bo'limi rahbari Sarvar Abdullayevlar tashrif buyurishdi. Ushbu uchrashuvda maktab-internatning 10-11-sinf o'quvchilari hamda ustozlar ishtirok qilishdi.

✔️S.Abdullayev o’z nutqida bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi.

🔖O'quvchilar tomonidan mehmonlarga savollar berildi.

🌐@piima_xorazm
#muzeyga_sayohat

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning bir guruh o'quvchilari ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari boshchiligida Xiva shahrida joylashgan Ogahiy uy muzeyiga tashrif buyurishdi.

📍Tashrif jarayonida o'quvchilar buyuk shoir, tarjimon, tarixnavis, davlat va jamoat arbobi Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi.

📜 Uy mezeydagi har bir qo'ylozma, suratlar, buyumlar o'quvchilarni bee'tibor qoldirmadi. Ogahiyning adabiyotimizdagi, Xiva xonlari tarixini yoritishdagi munosib o'rni ularda katta taassurot qoldirdi.

🌐t.iss.one/piima_xorazm
#1_dekabr
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

Bugun butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS haqida nimalarni bilamiz? Kasallik nimasi bilan xavfli?

♻️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.

📌Shuningdek, maktab-internati shifokori va hamshirasi tomonidan kasallikning kelib chiqish tarixi, profilaktikasi haqida tushuncha berildi. O'quvchilar tomonidan beilgan savollarga javob berishdi.

🌐@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

💠 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o'qituvchisi S.Jumaniyozova va maktab psixologi L.Atajanovalar tomonidan

🗞📆1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan OITS kasalligi, uning yuqish yo'llari va oqibatlari haqida seminar-trening tashkil qilindi.

🌐@piima_xorazm
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

♻️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan tashkil qilingan davra suhbatida biologiya fani o‘qituvchisi Shoira Otajonova tomonidan kasallik profilaktikasi haqida tushunchalar berildi. 

🌐@piima_xorazm
Nega yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

Xabaringiz bor, 2022-yil 28-oktabr kuni OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati e'lon qilindi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

DTM izoh berishicha, testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas. Chunki umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan.

Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM