XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni

📸 Xorazm viloyatidagi Agentlikka qarashli maktablarda o‘tkazilgan darslardan lavhalar:

💢Shovot tuman IMIda ustoz-shogird maktabi loyihasi doirasida biologiya o'qituvchisi Sherzod Atakov tomonidan 7-B sinfda "To'la va chala metaforfoz" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

💢Yangiariq tuman IMda biologiya o'qituvchisi Shoira Otajonova 8-a sinfda "Ko'rish organlarining funksiyasi" mavzusida tashkillashtirgan darsi davomida o'quvchilar bilimini mustahkamlovchi turli xil video materiallar, taqdimotlar va harakatli o'yinlardan foydalandi.

💢Tuproqqal'a tuman IMning 7-D sinfida biologiya o‘qituvchisi Munisa Rajabova "Qushlarning rivojlanishi, ko'payishi va kelib chiqishi" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o'tkazdi. Darsda "Raqamli diktant", "Ochiq va yopiq test", "Vitamin" metodlaridan foydalanildi.

💢Urganch shahar 1-son IMIda fizika o'qituvchisi Ruslon Artiqov 8-02 sinfda "Amper kuchi" mavzusida ochiq dars o'tdi. Dars davomida o'qituvchi Amper kuchi yo'nalishi bo'yicha tajriba o'tkazdi.
⚡️Bugun O‘zbekistonda referendum kuni (30.04.2023)

📍Ovoz berish soat 08:00 dan boshlab soat 20:00 ga qadar davom etadi.
#Tanlov
#Tabriklaymiz

XORAZMDA "QIZLAR OVOZI" KLUBI KOORDINATORLARINI SARALASH TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

29-aprel kuni Urganch davlat Universitetida “Qizlar ovozi” ochiq tanlovining viloyat bosqichida 17 nafar is’tedodli qizlar orasidan 5 ta eng munosib nomzodlar koordinator sifatida saralab olindi va ishonch yorlig’i bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf òquvchisi
🌟 Sabohat Baxtiyorova
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Qizlar ovozi" klubining Xorazm viloyatiga "IT va media" yo'nalishi koordinatori etib saylandi.

🎉 Sabohatni ushbu yutuģi bilan tabriklab, faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
Бугун мамлакатимизда муҳим сиёсий жараён – “Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни лойиҳаси бўйича умумхалқ референдуми ўтказилмоқда.

Бугун эрталаб соат 8.00 да 12-Хоразм округи ҳудудидаги 553 та референдум участкасида овоз бериш жараёнлари бошланди. Округ бўйича овоз берувчиларнинг умумий сони 1 миллион 29 минг 191 нафарни ташкил этади. Хоразм вилояти ҳокими Жўрабек Рахимов Урганч шаҳридаги 28 -референдум участкасига бориб, биринчилар қаторида овоз берди.

Facebook | Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев оила аъзолари билан бирга Конституция референдумида овоз берди.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи проголосовал на референдуме по Конституции.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yangiliklar

🇺🇿 | 🇮🇳 Joriy yil sentabr oyida Buxoroda Xalqaro IT Universitet faoliyati yo‘lga qo‘yiladi!

🏫 Hindistonlik Vishesh Chandrashaker bilan
“Acharya University of Uzbekistan” universitetini tashkil etish bilan bog'liq masalalar tahlil qilindi:

🟢Universitetda professor o‘qituvchilar chet el davlatlaridan kelib ta’lim berishi;
🟢O‘quv darsliklar Cambridge universiteti bilan hamkorlikda tayyorlangan kitoblar asosida amalga oshirilishi;
🟢O'quv dasturi doirasida Sun'iy intellekt, Software engineering, Machine learning, Business administration, Executive MBA va boshqa yo'nalishlar o'qitilishi kelishib olindi.

"Acharya Universitetida talabalar uchun xalqaro standartlarga mos ta'lim berilishi hamda zamonaviy sharoitlar yaratilishi eng ustuvor vazifa hisoblanadi", deb ta'kidladi Universitet rahbari Vishesh Chandrashaker.

Batafsil – telegra.ph
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EKSKLYUZIV

📺 XORAZM TELEVIDENIYESI

💫"OTAM HAQIDA"

KO'RSATUV BENAZIR INSON, TA'LIM FIDOYISI, ADOLATLI RAHBAR, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "DO'STLIK" ORDENI SOHIBI, "XALQ MAORIFI A'LOCHISI" XUDOYOR ABDULLAYEV XOTIRASIGA BAG'ISHLANADI.

📌KO'RSATUVDA SARVAR ABDULLAYEV OTASI HAQIDAGI AYRIM XOTIRALARI HAQIDA GAPIRDI.

MARHAMAT, TOMOSHA QILING.

🌐Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
@piima_xorazm
#Bugun

♻️ 1-may – Xalqaro mehnatkashlar kuni
Har yili 1-mayda nishonlanadigan bu bayram jahon mehnat harakatining asosiy bayrami hisoblanadi. Bu kun 1886-yilning 1-mayida Chikagoda ishchilar 8 soatlik ish kunini belgilash talabi bilan koʻchalarga chiqqan tartibsizliklar xotirasiga bagʻishlangan. 80 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi. Xalqaro mehnatkashlar kunining asosiy maqsadi mehnatkashlar muammolariga e'tiborni qaratish va ularning huquqlarini himoya qilishdir.

💦 1-may - O‘zbekistonda “Favvoralar kuni” bayrami
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi qarori bilan 1-may “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Har yili O‘zbekistonda 1-may “Favvoralar kuni” sifatida nishonlanishi, hayotimizda bayramlarning soni yana bittaga ko‘payganligidan darak bermoqda. Xalqimizga favvoralar bayrami kunida yana bir bor xursandchilik tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Yangi O‘zbekiston” universiteti - iqtidorli yoshlar maskani!

📌 Agentligimiz tizimidagi mazkur universitetning “Dasturiy ta'minot muhandisligi
” yo‘nalishi talabasi Iroda Xolbekova talaba bo‘lgunga qadar erishgan yutuqlari hamda hozirgi kunda o‘qishdan tashqari shug‘ullanadigan ishlari haqida so‘zlab berdi.

🎞 To‘liq videoni ko‘rish

❗️Siz ham kelajagingizga befarq bo‘lmang! Universitetimizga o‘qishga hujjat topshiring va iqtidorli talabalarimiz qatoridan o‘rin egallang!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz

⚜️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11- sinf bitiruvchisi

⭐️ Olimboyeva Dilorom Anvarbek qizi Urganch davlat universiteti olimpiadasida biologiya fanidan qatnashib faxrli 2-o'rinni egalladi.

🎉O'quvchimizni ushbu yutug'i bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook