XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.8K subscribers
22.9K photos
1.57K videos
32 files
6.84K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tabriklaymiz

"THE BEST DEVELOPER & CYBER DEFENDER"

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va "Mustafo Software" MChJ tomonidan dasturlash va kiberxavfsizlik bo'yicha o'tkazilgan "A1TECH & UBTUIT Best soft 2023" musobaqasida Agentlik tizimida ta'lim olayotgan o'quvchilarimiz ham faol ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egallashdi.

Dasturlash yo'nalishi bo'yicha:

⭐️Yo'ldoshev Og'abek - Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, 1-o'rin
⭐️Sapayev Feruzbek - Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi, 2-oʻrin
⭐️Bobojonov Asadbek - Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi , 3-oʻrin

Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha
:

⭐️Umirboyev Alibek - Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, 1-o'rinni egalladilar va tashkilotchilar tomonidan diplom, sovg'alar bilan taqdirlandilar.

💫Shuningdek, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Qurbannazarov Ilyosbek ham faol ishtiroki uchun sertifikatga ega bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Tanlov

➡️ Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining "Ma'naviyat markazi"da o‘tkazilgan "Mirzo Ulug’bek vorislari” innovatsion ko‘rik- tanlovining ikkinchi bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi

⭐️ Baxtiyorov Jahongir mutloq g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🧩 Innovator va iqtidorli o‘quvchimizga keyingi bosqichlarda omad tilab, maktabimiz obro’sini Respublika bosqichida ham munosib himoya qilishiga ishonamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

🟢 Xavfsizlik madaniyatini yaratish va targ‘ib qilish, ish joylarida har yili o‘lim holatlarini kamaytirish, ushbu muammolarga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti - XMT (International Labour Organization, ILO) 28-aprel kunini Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilgan.

✔️Ushbu kun birinchi marta 2003-yilda nishonlangan.

🌐 Telegram | Facebook
#Davra_suhbati

KITOBSIZ TARAQQIYOTGA, YUKSAK MA'NAVIYATGA ERISHIB BO'LMAYDI

📚 27-aprel kuni Bog'ot tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi da tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida yuqori sinf o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etishdi.

💡 Suhbat AKM xizmat rahbari R.Babajanova tomonidan olib borildi.

Har avlod avvalgilardan o'zini aqilliroq va keyingilardan donoroq deb xayol qiladi.
©Jorj Oruel.

🌐 Telegram | Facebook
#mashgʻulot

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabi va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida o'quvchi-yoshlar uchun
🏇otlar ishtirokidagi mashg'ulot hamda
🏹kamondan o'q otish bo'yicha darslar tashkil etildi.

📌Mas'ul xodimlar nazoratida o'tkazilgan o'quv mashg'ulotlarida ushbu sport turlariga qiziqishi baland bo'lgan o'quvchilar maktab hovlisida amaliy ko'nikmalarini oshirdilar.

🌐 Telegram | Facebook