XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Sayohat

📍Xonqa  tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 10- va 11- sinf o'quvchilari

🌿 Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga biologiya fani o'qituvchilari Muazzam Bekchonova, Dilfuza Sabirova hamda maktab maslahatchisi O'ktam Jabbarov rahbarligida sayohat qildilar.

🎯 Sayohat o‘quvchilarni rezervat flora va faunasi bilan yaqindan bevosita tabiat qo'ynida tanishtirish maqsadida tashkil qilindi.

Rezervat bosh mutaxassisi Baxt Kamalov o'quvchilarni bu yerdagi muzey va qo'riqxona faoliyati bilan tanishtirdi. 

🍃 Rezervatda o'quvchilar o'simliklardan namunalar to'plab, gerbariylar tayyorlashdi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📣 25 апрель, сешанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинг:
〰️〰️〰️

📌 Мавзу: Ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб-интернатларига 2023/2024 ўқув йили учун ўқувчиларни қабул қилиш юзасидан
Вақти: 12:00
Иштирок этади: Жўрабек Жангиров, Ихтисослаштирилган таълим муссасалари агентлиги ахборот хизмати раҳбари
〰️〰️〰️

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
🔊🔊DIQQAT IMTIHON!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan quyidagi maktablarning 9-11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya materiallari ishlab chiqildi:

✅️ Ijod maktablari;
✅️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari;
✅️ Ixtisoslashtirilgan maktablari


📍Savollar bilan quyidagi sayt orqali tanishishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/yakuniy-attestatsiya

Barcha bitiruvchilarga omad tilaymiz🔥

Bizni kuzatishda davom eting👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Xiva shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

Xalqaro maktablar kengashi xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanadi. Tashkilotga a'zo bo'lish uch bosqichda amalga oshiriladi.
Yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqqiyatli oʻtgan.

Joriy yilning Xalqaro maktablar kengashi vakillari 3-bosqich yuzasidan Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarida boʻladi.

Xiva shahridagi Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrifi davomida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabilar bilan tanishib o'tdilar.

📍Vakillar 4 kun davomida Xiva shahridagi Prezident maktabi faoliyatini oʻrganadi.

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

https://www.facebook.com/aoka.uz/

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#robototexnika

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining sobiq bituruvchisi, mayor, texnika fanlari nomzodi, dotsent Tajiyev Janibek Adomboyevich maktab-internat o'quvchilariga "Robototexnika" jihozlarini sovg'a qildi.

✔️ O'quvchilarga ushbu jihozlar haqida ma'lumot berildi va jihozlardan unumli foydalanishlariga ishonch bildirildi.

⚡️ Eng so'nggi rusumdagi jihozlarni o'quvchilarimiz katta xursandchilik bilan qarshi olishdi.

Janibek Adomboyevichga o'quvchilar va jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz
!

🌐 Telegram | Facebook