XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatida joylashgan o'quv muassasalaridagi 11- aprel kungi dars jarayonlaridan lavhalar:

✔️Xiva shahridagi Prezident maktabida geografiya darsi kreativ shaklda o'tkazilidi. Mahoratli pedagog Iqbola Ortiqova darsda "Jig-saw'', "Mozaika", "4-taraf" metodlaridan foydalandi. O'quvchilaramaliy tadqiqotlarini tahlil qildilar.

✔️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi Shoxista Qurbanovaning 5-A sinfda "Our Solar system" mavzusida o'tgan ochiq darsida "Fun attention games"- diqqatni jamlovchi o'yinlar o'ynaldi.

✔️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Dilnoza Xajiyeva o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishga alohida e'tibor qaratib, Rahmat Fayziyning "Hazrati inson" asaridagi temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa hayoti orqali oddiy kishilarning front orti mehnati, qahramonligini hayotiy misollar bilan koʻrsatib berdi.

🌐 Telegram | Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: "Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz?".

Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2021-yilda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Bundan 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so‘mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi taʼminlandi. Shu bois, ushbu tajribani yana 2 yilga uzaytirishga qaror qilindi.

1 iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy qilish topshirildi.

Yoshlar o‘rtasida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yo‘nalishlarga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, viloyat hokimlariga yil yakunigacha bittadan “Kreativ park” tashkil etish topshirildi. Ularda IT park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qo‘llanadi.

Bu maqsadlar uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g‘oya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur bo‘lsa, foizsiz va garovsiz ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.

Chet tilini o‘qitishga eʼtibor tufayli xususiy til markazlari soni 6 mingdan ortdi. Bugungi kunda 1,5 million yoshlarimiz bo‘sh vaqtini chet tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.

Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishi, bo‘sh vaqtini kibersport bilan o‘tkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino bo‘yicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini so‘ragan.

Shu munosabat bilan viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari”ni tashkil etish topshirildi.

Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Istirohat bog‘lari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Toshkent shahrida Anhor va Bo‘zsuv, Nukusdagi Do‘stlik, Urganchdagi Shovot, Farg‘onadagi Marg‘ilonsoy kanallari bo‘yida yoshlar ijod ko‘chalari tashkil etiladigan bo‘ldi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.

Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o‘z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o‘tkazib boradi.

Qo‘shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.

Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o‘tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.

Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va sanʼat yo‘nalishlarida to‘garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#Bugun

🗓12-APREL — Jahon aviatsiya va kosmonavtika kuni

🚀 Tarixga bir nazar: 1961-yil 12-aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 09:07 da «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan ichida Yuriy Gagarin o‘tirgan «Vostok» fazoviy kemasining uchishiga start beriladi. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshadi.

🪐Koinotga qo‘yilgan ilk qadam – insoniyatning buyuk yutug‘iga aylanadi.

Yer atrofida 108 daqiqa davomida parvoz qilgan Gagarin aloqa orqali o‘zining taassurotlari haqida muntazam gapirib turgan.

💬 Uning "Er ustidagi bulutlarni va ulardan yerga tushayotgan soyani kuzatayapman. Juda chiroyli. Diqqat! Yerning gorizontini kuzatayapman. Barchasi juda go‘zal" degan so‘zlari bortdagi magnitofonga yozib olingan.

❗️ Ma'lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 7-apreldagi rezolyusiyasiga muvofiq, Yuriy Gagarin parvozining 50 yilligi munosabati bilan 12- aprel – Insonning koinotga parvozi kuni xalqaro bayram sifatida har yili dunyo miqyosida nishonlanadigan bo‘ldi.

🌐
Telegram | Facebook
#Prezident_maktablari
#Xalqaro_maktablar_kengashi_CIS

⚡️Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari Nukus shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta'lim jarayonining sifatli tashkil etilgani va maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi masalalar bilan tanishdi.

💡Ma'lumot uchun, shu yilning 3-aprelidan boshlab bir oy davomida Xalqaro maktablar kengashi vakillari Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini o‘rganishadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube