XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Musobaqa

2023-yil 31-mart kuni Tuproqqal'a tuman 20-son maktabida tuman maktablari "Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida

⛳️ "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Musobaqada Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining

🏆 "Xorazmiylar" jamoasi 1-o‘rinni egallab g‘oliblikka erishdi (otryad rahbari rezervdagi podpolkovnik X.Eshchonov).

🥈10-son maktab 2-o‘rinni,

🥉11-son maktab 3-o‘rinni egalladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-"A" va 5-"B" sinf o'quvchilari bilan maktab -internat psixologi H.Jumaboyeva tomonidan

☀️"Muhitni ijobiylashtiruvchi va ahillashtiruvchi"  hamda

💥 "Faoliyatdagi ishchanlik muhitini yaratuvchi
"
psixologik treninglari o'tkazildi.

▶️ G'aram, tepalik, so'qmoq
▶️ Joy almashish
▶️ Uysiz quyoncha
▶️ "Kaptokchani ol" mashqlari o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Vazirlik rahbariyati Xorazmdagi ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda uning birinchi o’rinbosari Agrippina Shin Xorazm viloyatidagi ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

Dastlab, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lib, viloyatda joriy qilingan APro platformasi imkoniyatlari bilan tanishdi.

So‘ngra Xiva shahridagi 18-son umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida qilingan ishlarni kuzatib, o‘quvchilar bilan tanlagan kasblari hamda maktabda yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashdi.

Keyingi manzil Xiva shahar 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Vazir bu yerda jajji bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

So‘ngra Xiva pedagogika kolleji oshxonasining yangi binosining ochilish marosimida qatnashdi. O‘qituvchi hamda o‘quvchilarning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram