XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarga yetgan

📈 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra,

2022/2023- oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarni tashkil etgan.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_540_yilligi

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan

#chellenj 👏👏👏👏👏

🌐 Telegram | Facebook
#Bu_fakt

Yurak haqida qiziqarli faktlar

❤️ Yurak yoshi kattalarda o’rtacha 300 gramm bo’lsa, chaqaloqlarda taxminan 22 gramm og’irlikka ega. Ya’ni tana vaznining 0,8 foizini tashkil qiladi. Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qo’llaniladi – mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi o’sha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz.

💓 Kattalarda minutiga yurak urishlar soni 60-85 ta bo’lsa, chaqaloqlarda bu ko’rsatkich 150 tagacha yetadi. Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi.

♥️ Inson o’rtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali taxminan 1,5 mln barrel qon haydaydi. Oddiyroq aytganda bu 200 sisterna (vagon)ga teng.

💥 Yurakni quvvatlantirish, sog’lom saqlash uchun yaxshi kayfiyat zarurligi allaqachon o’z isbotini topgan. Masalan – kulgi tomirlar tarangligini pasaytiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.
Har qanday holatda ham o’z yuragingizni asrang!


🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#7_ta_iqtidor

OGAHIY IJOD MAKTABIDA YANGI LOYIHA 7 TA IQTIDOR

💡Aziz ijod muhiblari uchun Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan tez kunda yangi loyiha!

📝 Kutilmagan! Qiziqarli! Ijodga yangicha yondashuv.

🔘 7 TA IQTIDOR


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Quvnoq_startlar

📍Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida darslardan keyin sport to'garaklari bo'lib o'tmoqda.

⛳️"Besh tashabbus" doirasida maktab-internatning 7 "A" va 7 "B" sinf o'quvchilari o'rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi o'tkazildi.

🏆 Musobaqa natijalariga ko'ra:

7-"B" sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Onlayn_olimpiada
#Sarhisob
#Bobur_540_yilligi


✳️ Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchi va o'quvchilari 2023-yil 14-fevral kuni Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va Alitest Group bilan hamkorlikda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Siz Boburni bilasizmi?" mavzusida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada faol ishtirok qilib maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar:

1. Komiljonova Dilnura - 8-A sinf o'quvchisi - 95 ball

2. Xusinov Oybek - Ona tili adabiyot fani o'qituvchisi - 90 ball

3. Raxmatullayeva Zuhra - Ona tili adabiyot fani o'qituvchisi - 80 ball

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

🏫 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-D sinfida matematika fani o'qituvchisi Gulnora Xasanova tomonidan "Aralash sonlarni qo'shish va ayirish" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

📌Dars kichik guruhlarda tashkil qilindi va turli xil metodlardan foydalanildi.

O'quvchilar darsda faol qatnashishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

🏫 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-A sinfida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mahbuba Rahimova tomonidan "Peshtoqdagi bitiklar" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

📌Dars taqdimotdan , turli metodlardan foydalanilgan holda qiziqarli o'tdi. Mavzuga oid sahna ko'rinishlari ham ijro qilindi.

O'quvchilar darsda faol qatnashishdi.

🌐 Telegram | Facebook