XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20.4K photos
1.39K videos
32 files
6.24K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Erkin_Vohidov_88
#zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

⭕️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-"A" sinf tarbiyachi-pedagogi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 88 yillik yubileyi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

💢 Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan bahsda ''Qor parchasi" va "Jadid avlodlari" jamoasi teng kelishdi va do‘stlik g‘alaba qozondi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#seminar_trening

IJOD MAKTABLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

▫️Agentlik tizimidagi ijod maktablarida 2024-yil 23-25-dekabr kunlari ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika va biologiya fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Ogahiy nomidagi ijod maktabining mahoratli pedagog-ustozlari ona tili va adabiyot, tarix, biologiya fanlaridan trenerlik qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Ogahiy_ijod_maktabi

🇺🇿
Ogahiy nomidagi ijod maktabida "14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan

✔️ 13-yanvar kuni Xiva tumanida joylashgan DXX chegara qo‘shinlari "9203-sonli" harbiy qismi 10-bo‘lim mafkuraviy ishlar boʼyicha komandir o‘rinbosari Xudayberganov Sirojbek tomonidan o‘quvchilarga davra suhbati o‘tkazildi.

✔️ Shuningdek, xizmat xodimlari tomonidan o‘quvchilarga harbiy qurol-aslahalar va ularning vazifasi haqida ko'rgazmali tushunchalar berildi. Harbiylarga ko'makchi vazifasini o‘tovchi maxsus o‘rgatilgan itning topqirligi va tezkorligi barchani qoyil qoldirdi.

✔️ 14-yanvar kuni "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida kichik tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan rolik va tarqatma materiallar o‘quvchilarga tanishtirildi.

✔️ 14-yanvar sanasida "Balli yigitlar" ko'rik-tanlovi ham bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tabriklaymiz

🏢
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadamov Tohirjon - Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakulteti boshlig‘i podpolkovnik J.Turayev tomonidan "Harbiy taʼlim fakulteti" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


⚡️Ushbu yutuq bilan ustozimizni samimiy tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Sayohat

Ogahiy ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari "Vatan bo'ylab sayohat" shiori ostida tarix fani o‘qituvchisi A.Ro‘ziboyev va tarbiyachi-pedagog A.Sobirova boshchiligida Ko‘hna va hamisha navqiron Xiva Ichan qalʼa hamda Nurullaboy saroyiga sayohat qilishdi.

🕌 Sayohat davomida o‘quvchilar Islomxo'ja madrasasi amaliy-san'at muzeyi, Qozi Kalon madrasasi va Nurullaboy saroyining qurilishi, undagi zamonaviy va milliy uslubning uyg‘unligi bilan yaqindan tanishishdi.

➡️ Shuningdek, o‘zbek milliy san'at asarlari, Xiva xonlari, Xudoybergan Devonov shaxsiyati va ijodi yoritilgan alohida bo‘limlardan ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" bellashuvi o‘tkazildi.

🔘 Bellashuvda maktabning barcha sinflaridan tashkil topgan bilimdon, zukko o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdilar. Bellashuvni maktabning terma jamoasi aʼzolari olib bordilar. Qatnashuvchilarga bir-biridan qiziqarli, soha va fanga oid bo‘lgan savollar taqdim qilindi.

📊 Ushbu yangicha yo‘nalishdagi turnir barchaga birdek manzur bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#hamkorlik
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓
Joriy yilning 23-yanvar sanasida Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan belgilangan reja-jadvalga ko‘ra hamkorlikda "Mahorat darsi" bo‘lib o‘tdi.

📺 Mahorat darsida televediniye xodimlari mahoratli rejissyor Sh.Rajabov va montaj ustasi R.Sapayev tomonidan "Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti" mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib bordilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishi

📹
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi Saidov Saidbek tomonidan Kimyo fanidan tayyorlangan loyiha ishi  

ʼʼGalogenlarʼʼ mavzusi uchun tayyorlagan rolik.

👩‍🏫 Loyiha rahbari:
Kimyo fani o‘qituvchi Matyakubova Zebo


🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_584
#Ogahiy_ijod_maktabi

📜 Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari va o‘quvchilari Xonqa tumanidagi Alisher Navoiy bog'iga uyushtirgan sayohat jarayonidan tayyorlangan rolik.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_584
#Ogahiy_ijod_maktabi

📍Navoiy viloyatida katta ma’naviyat bayrami, buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov davlatimiz rahbarining simpozium ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib berdi. Hazrat Navoiy bugun yana bir bor ma’rifat atrofida xalqlarni birlashtirdi.

🔸Ushbu tadbirda Ogahiy ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Shixova Muqaddas va Jumaniyozova Shohistalar ishtirok etmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_notiqlar
#Bobur_542
#Ogahiy_ijod_maktabi

HAMKORLIKDA "YOSH NOTIQLAR" KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek Filologiyasi va san'at fakulteti hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda o‘z fikriga ega, iqtidorli o‘quvchilar uchun yangi loyiha - "Yosh notiqlar" koʻrik-tanlovi o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM