XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.37K videos
32 files
6.18K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ota_onalar_majlisi
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirishi yuzasidan I semestr natijalari, maktabning asosiy maqsadi, ustuvor vazifasi bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

🎯Maqsad: ota-onalarni farzandlarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida xabardor etish hamda ularning a'lo darajada natijalarga erishishi va ta’lim-tarbiyada yuqori cho'qqilarni egallashlarida hamkorlikda ishlash.

📎 Yig'ilish davomida maktabimizda na'munali xulqi, jamoat ishlarida va ijtimoiy hayotda faolligi bilan o'rnak bo'layotgan o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Kutubxona_faoliyati

📖 Qishki ta'tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri I.Ibragimova rahbarligida faol kitobxonlar Xorazm viloyat Bolalar kutubxonasida tashkil etilgan "Ma'naviyatli yoshlar - yurtimiz iftixori" mavzusidagi davra suhbatida qatnashishdi.

🎯Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, taniqli shoir Boltaboy Bekmetov tashrif buyurdi. B.Bekmetov adabiyotga qanday kirib kelgani, ijodiy faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi va o‘z ijodidan namunalar o‘qidi.

O‘quvchilar ustoz ijodkorning suhbatlari va sheʼrlaridan bahramand boʻlishdi, o‘zlari ham shoir she'rlaridan parchalar aytishdi, shu bilan birga o'z ijodlaridan ham namunalar o'qib, ijod yuzasidan tavsiyalar olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

11-yanvar – Qoʼriqxonalar va milliy bogʼlar kuni

Sana 1997-yilda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish markazi va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) butun dunyoda biologik xilma-xillikni saqlashning muhim markazlari hisoblanadi.

Mamlakatimizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) tizimiga 7 ta davlat qoʻriqxonasi, 1 ta milliy bog’, 12 ta tabiat bogiʻ, 11 ta tabiiy yodgorlik, 2 ta buyurtma qoʻriqxonasi, 2 ta biosfera rezervati, “Saygachiy” majmuasi (landshaft) qoʻriqxonasi va "Jayran” ixtisoslashtirilgan ekomarkazi kiradi.

Oʻzbekiston florasida 11000 ga yaqin oʻsimlik, zamburugʻ va suv oʻtlari mavjud boʻlib, ulardan 4300 turi noyob yovvoyi oʻsimliklar, ulardan 8%i endemikdir.
Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 314 oʻsimlik turi mavjud. Respublikamiz faunasi umurtqalilarning 715 turi va umurtqasizlarning 14900 dan ortiq turlarini oʻz ichiga oladi, ulardan 206 turi yoʻqolib ketish xavfi ostida, Qizil kitobga kiritilgan
.
#Psixologik_trening
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏫 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida MMIBDO' M.Matyoqubova hamda maktab psixologi S.Qalandarovalar tomonidan qiziqarli trening oʻtkazildi.

☕️ Jarayonning avvalida "Cofe break" tashkil qilindi.

♻️ Trening jarayonida ustozlar guruhlarga boʻlinib, turli xil dukkakli oʻsimliklardan foydalanib xoʻroz tasvirini yasashdi.
Har bir tasvirga hakamlar hayʼati ball qoʻyib, gʻolib jamoani aniqlashdi.

🤩 Boʻlib oʻtgan trening jarayoni yangi chorakni boshlash oldidan hammaga ko'tarinki kayfiyat berdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qiziqarli

JAUTIKOV OLIMPIADASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

⁉️Jautikov olimpiadasining kelib chiqish tarixi haqida bilasizmi?

⁉️Jautikov olimpiadasining bugungi kundagi nufuzi qanday?

⁉️Jautikov olimpiadasida bir jamoa nechi kishidan iborat bo‘lishi kerak?

Ushbu savollarga barchasiga batafsil videoda javob olishingiz mumkin.

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Tuproqqalʻa_IM
#Turon_yoʻlbarslari

🇺🇿 Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 13-yanvar kuni "Vatan himoyachilari kuni' bayramiga bag‘ishlab  10-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazish rejalashtirilgan bo'lib, o'quvchilar ChQBT rahbari va 14069-harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida tayyorgarlikni boshlab yubordilar.

Jarayondan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook