XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#seminar
#Tuproqqalʻa_IM

🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktabda pedagog xodimlarning akademik salohiyatni oshirish uchun seminar tashkil qilindi.

Seminar-treningda:
Normalar
Uzoq muddatli reja
Vazifalar haqida alohida mushohada yuritildi.


Seminar o'tkazuvchi: maktab direktori L.Matyakubova

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_1_son_IMI
#tabriklaymiz

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati ochilganligining 2 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat MMTB Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri Yulduz Atadjanova ham ishtirok qildi.

Badiiy kechada oʻquvchilar maktab-internatni madh qiluvchi she'r va qoʻshiqlar, turli qiziqarli sahna koʻrinishlarini namoyish qilishdi. Bundan tashqari, har bir sinf tomonidan ushbu bayram munosabati bilan bir-biridan chiroyli koʻrgazmalar taqdim qilindi.

Tadbirga oʻtgan o‘quv yilidagi sobiq bitiruvchilar ham taklif qilingan boʻlib, ular ham kechada faol ishtirok qilishdi hamda maktabda kechgan davrlari va talabalik taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi

📆 17-DEKABR – MUHAMMAD RIZO ERNIYOZBEK O‘G‘LI OGAHIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, hassos muarrix, mutafakkir, olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan.

Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining ijodkori va peshqadami edi. U Nizomiy, Dehlaviy, Saʼdiy, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga sheʼriy tarjima qilgan.

Ogahiyning g‘azallari nafaqat o‘z zamonining, balki o‘sha davr adabiyotining o‘ziga xos va yuksak namunalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari, zamonlar o‘tib borishiga qaramay, bugungi kunda ham yosh avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Ogahiy 1874-yilda 65 yoshida vafot etgan.

Maʼlumot o‘rnida, 2019-yilda Agentligimiz tizimida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tashkil etilgan. Mazkur taʼlim muassasasida Ogahiy ijodiy merosiga munosib izdosh bo‘luvchi yoshlar tahsil olmoqda.


Yuqoridagi g‘azalni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Zuhra Otajonova o‘qigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Teatr
#Bogʻot_IM

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-sinf o'quvchilari "Kelinlar qo'zg'oloni" va "Zumrad va Qımmat" nomli milliy sahna ko'rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar.

🌐
Telegram | Facebook