XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Renessans_bekati
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Live

🔰Noyabr oyining 23-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktab kutubxonasida Bosh tarbiyachi-pedagog Maqsuda Bobojonova tomonidan "Renessans bekati" loyihasi o‘tkazildi.

🔹Loyihada Muhammad Al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi buyuk bobokalonlarimiz haqida ma'lumotlar berildi.

🔻Buyuk tariximizni yoshlarimizga keng targ'ib qilish, ularni ma'naviy dunyosini yanada boyitish bunday loyihalarni tez-tez o‘tkazib turish maqsad qilib olingan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|


🌐https://t.iss.one/piima_xorazm
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Avloniy_hikmatlari
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

📍 Joriy yilning 7-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar O‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma'rifatparvar shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi A. Avloniyning "Turkiy Guliston yoxud axloq" asari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati o‘tkazildi.

🔹Bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova asar yuzasidan taqdimot qildi va davrani boshqarib bordi. Asar muhokamasida barcha
tarbiyachilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Kelajakda ushbu asarning tarbiyaga taalluqli jihatlarini ta'tildan keyingi o‘quv jarayonlarida tatbiq etish taklif etildi.

🔸Muhokama yakunida maktab direktori Sarvar Abdullayev, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nodirbek Abdullayev va psixolog Maqsuda Atajanovalar muhokama soati jonli, foydali bo'lganligi, asarning ayniqsa tarbiyaga uzviy bog‘liqligi muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdilar.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Xiva_Prezident_maktabi

🟢 8-sentabr kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida pedagog-tarbiyachilar tomonidan Yakshanba - dam olish kunida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🎤 O'quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiruvchi interaktiv o'yinlar o‘tkazildi.

📽 O'quvchilar buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqidagi "Mendirman Jaloliddin" nomli tarixiy serialning 1-qismini tomosha qilishdi.

⚽️ Ochiq sport maydonida sinflar o'rtasida "Futbol" musobaqasi bo'lib o'tdi.

🏐 Ochiq sport majmuasida "Volleybol" musobaqasi tashkil etildi.

🔵 O'quvchilar turar joyida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tozalik kuni bo'lib o'tdi.

📖 O'quvchilar ustozlar tomonidan berilgan uyga vazifalarni bajarishlari nazorat qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida

🪧11-"A" sinf tarbiyachisi E.Bekimmetova tomonidan "Sog'lom avlod-yurt boyligi" mavzusida;

🪧11-"B" sinf tarbiyachisi Sh.Masharipov tomonidan "Saylovda munosib nomzodni tanlash" mavzusida dars mashg'ulotlari o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#tarbiyachilar_faoliyatidan
#Ogahiy_ijod_maktabi

Ogahiy ijod maktabining  tarbiyachi-pedagoglarining oktabr oyi davomidagi faoliyatlaridan lavhalar:

1️⃣. 4-oktabrda “Odob-axloq qoidalari” mavzusida tarbiyaviy soat oʻtkazildi.

2️⃣. 9-sinf o‘quvchilari bilan "Bir haftada bir kitob" loyihasi doirasida O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari tahlil qilindi.

3️⃣. Oktabr oyining 8-sanasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli xil ko‘ngilochar "Enerjazer" o‘yinlar tashkil etildi.

4️⃣. 11-oktabrda M.Otayeva va H.Allayorovlar tomonidan adib va tarjimon M.Ismoiliy ijodi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

5️⃣. 9-sinf o'quvchilari bilan N.Niyozmetova va Ch.Zaripovalar boshchiligida "Mushoira" mashg‘uloti o'tkazildi.

6️⃣. 17-oktabr sanasida "Ijodkor so‘z aytganda" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

7️⃣. 18-oktabrda A.Sobirova boshchiligida "Milliy bayramlar vatanparvarlik hissini oshirishning samarali vositasimi?" mavzusida debat tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Xiva_shahar_1_son_IMI

🎞 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyachilari tomonidan o'quvchilarga "Favqulodda holatlarda harakatlanish" bo'yicha ma'lumot berib o'tildi va maxsus videorolik namoyish qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiyshunoslik_haftaligi
#tarbiyachilar_faoliyatidan
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓 Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan "Ogahiy ijodida odob-axloq" mavzusida tarbiyaviy soatlar bo‘lib o‘tdi.


➡️ Mashg‘ulotlar davomida oʻquvchilar Ogahiy shaxsiyati, uning asarlari haqida bahs-munozara qildilar, fikr almashdilar.

🌐 Telegram | Facebook