XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim

21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan:

🔘Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ona tilim-mening faxrim" nomli insholar tanlovi va "Til-millat ko‘zgusi" nomli bayramona tadbir o‘tkazildi.

🔘Shovot tuman IMIda "Hikmatlar xazinasi" nomli viktorina, shuningdek, bayram tadbiri tashkil qilindi.

🔘Urganch shahar 1-son IMIning pedagog va o‘quvchilari ko‘kraklariga bayroq tasviri va "35 yil" yozuvi tushirilgan ramziy nishonlar taqildi. Asalxon Yuldasheva tomonidan 7-01 sinfda "Yo'riqnoma matni. Sifatlarning tuzulishiga ko'ra turlari va ularning imlosi" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

🔘Yangibozor tumani IMIda "Ona tilim-boy tilim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔘Yangiariq tuman IMda "Ona tilim - g'ururim, faxrim" shiori ostida adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

🔘Xonqa tumani IMda Dilrabo Sagatova tomonidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi hamda "O‘zbek tili bayrami" rukni ostida tadbir tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
🎉1
#Vazir_soati

Tizimga doir navbatdagi muhim vazifalar belgilab olindi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Unda tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, navbatdagi attestatsiya hamda “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish jarayonlari muhokama qilindi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

📍 Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida hozirga qadar 6 ta ta’lim xizmatlari elektron platformasi yaratilganligini qayd etdi.

Qayd etilganidek, xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradigan elektron platforma hamda buyuk allomalar nomi bilan o‘tkaziladigan xalqaro fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

❗️Muhokamalar davomida 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi kutilayotgan Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi, 2026-yilgi 38-xalqaro informatika (IOI) va 58-xalqaro kimyo olimpiadasini (ICHO) oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy va kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan muhim masalalar tilga olib oʻtildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1814

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Xorazm_radiosi
#OAV_biz_haqimizda

"NAJOT BILIMDA"

22. 10. 2024

📻 Xorazm teleradiokompaniyasining 106.7 radioto'lqinidagi "Najot bilimda" deb nomlangan eshittirishda

✔️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Ogahiy nomidagi jod maktabining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosarlari To'lqin Jumaniyozov va Tohirjon Qadamov va bir guruh o'quvchilar,

✔️Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Barno Bekiyeva o'z chiqishlari bilan ishtirok qilishdi.

🎙 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Ogahiy ijod maktabi vakillari Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablardagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati faoliyati haqida fikr bildirgan bo'lsalar, Barno Bekiyeva ona tilimizga e'tiborning bugungi ahvoli yuzasidan o'z mulohazalarini bildirib o'tdi.


🌐
Telegram | Facebook
👍1
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
👧“Qizlar akademiyasi” endi yanada qulay!

Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar akademiyasi” loyihasidan yana bir yangilik. Loyihaning mobil ilovasi ishga tushirildi.

Endilikda siz istalgan vaqtda, istalgan joyda salomatlik, zamonaviy kasblar, hunarmandchilik, ta’lim, tadbirkorlik, psixologiya va huquqiy bilimlarni o‘rganishingiz mumkin. Mobil platforma orqali boshlang‘ichdan o‘rganib, savodxonligingizni yangi bosqichga ko‘taring!

📱 Ilovani yuklab oling:

📱Google Play 🍏App Store

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹 Instagram 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#bugun

23-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YUNESKOga a‘zo bo‘lgan kun

O’zbekiston YUNESKO (BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti) ga 1993-yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#tadbir
#halollik

"O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI" O‘N KUNLIGI DAVOM ETMOQDA

🔺Yangibozor tumani IMIda 10-11 sinf o‘quvchilari uchun “Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta’siri”, 5-9 sinf o‘quvchilari uchun “Halollik qadriyatlari haqida suhbat” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, maktab psixologi Yulduz Vapayeva tomonidan 11-sinf oʻquvchilari bilan "Halollik va axloqni kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida trening mashg'uloti o'tkazildi.

🔺Xonqa tumani IMning 10-sinf o‘quvchilari bilan "Halol fuqaro - faol fuqaro" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

🔺Xiva shahar 2-son IMda "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunligi doirasida insholar tanlovi o'tkazildi.

🔺Yangiariq tuman IM o'quvchilari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Urganch_shahar_1_son_IMI

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Asalxon Yuldasheva "Assalom, Xorazm" dasturida mehmon bo'ldi.

👀 Marhamat, tomosha qiling.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Xiva_shahar_2_son_IM
#SAT

⚡️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 3 nafar matematika fani o’qituvchilari ushbu fandan Xalqaro SAT sertifikatini qo'lga kiritishdi.

Eslatib o’tamiz, matematika fani o’qituvchilariga SAT sertifikatidan 700 dan yuqori bolgan natijalarga erishgan ustozlarga oylik maoshlariga 50% ustama haqi belgilangan.

Allamov Zafarbek - SAT 1110 - 770-Math
Sapayev G’ayrat  -    SAT 1110 -  790- Math
Rahimov Fayzulla - SAT 1030 - 800-Math

📌Ma'lumot uchun, ushbu ustozlar joriy yilda o'z fanlaridan milliy sertifikatlarga ham ega bo'lgan edilar.

🌐
Telegram | Facebook
👍6🔥2