XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Bu_fakt

🎭 Oʻzbek teatrining dunyoga kelishi

1914-yilda Samarqanddagi Xalq uyida “Padarkush” spektakli birinchi marta namoyish etildi. Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimovning qayd etishicha, bu oʻzbek xalqining madaniy hayotida ulkan voqea boʻldi. Shu kuni oʻzbek milliy teatri dunyoga keldi.

Behbudiy birinchi oʻzbek dramasining muallifigina boʻlib qolmay, uni sahnalashtirishda ikkinchi rejissyor sifatida ham ishtirok etdi.

💠 Asarda oʻqimagan bolaning padarkushga – otasining qotiliga aylanish jarayoni tasvirlanar ekan, Behbudiy ilm-fanning shaxsning qanday inson boʻlib shakllanishidagi rolini koʻrsatib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan edi.

📌Ma'lumot uchun, bugun Mahmudxo‘ja Bebudiy tavallud topgan kun. Ulug‘ jadid 1875-yil 19-yanvarda dunyoga kelgan.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fototanlov

"TA'TIL - BOBOJONIM VA BUVIJONIM O'GITLARI BILAN"


🔸 Xonqa  tumani  ixtisoslashtirilgan maktabining 6-B sinf o'quvchisi O‘ktamova Ro'zaning tanlov uchun jo‘natgan fotolavhalari.

Bobosi: O‘ktam Axmedov
Buvsii: Gulnora Axmedova

🌐 Telegram | Facebook
#Fototanlov

"TA'TIL - BOBOJONIM VA BUVIJONIM O'GITLARI BILAN"


🔸 Xonqa tumani  ixtisoslashtirilgan maktabining 6- D sinf òquvchisi Sultanbayeva Diana buvisi Zulfiya Egamberdiyevna bilan qishki ta'til kunlarini maroqli o‘tkazmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Jahon_kimyo_olimpiadasi

⚡️SHVEYSARIYA. JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BOSHLAB YUBORILDI

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev va Prezident maktablari bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'raboy Shermatov Jahon kimyo olimpiadasi (IChO) tashkiliy qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etishmoqda.

❗️Yig'ilish Syurix shahrida joylashgan Syurix Federal texnologiya institutida (ETH Zürich) bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv davomida 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon kimyo olimpiadasi jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📆 Uchrashuvlar 21-yanvarga qadar davom etadi.
_______
✔️Ma'lumot o'rnida, Jahon kimyo olimpiadasi har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadasining biri hisoblanadi. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo mintaqasida ILK BORA bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat ovoz bergan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Fototanlov

"TA'TIL - BOBOJONIM VA BUVIJONIM O'GITLARI BILAN"


🔹 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-a sinf o‘quvchisi Xudayberganov Nodirbek qishki ta'til kunlarini bobosi Xudaybergan Panoyev bilan birga maroqli o‘tkazmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Hurmatli o'qituvchilar!

Biz bugungi kun o'qituvchilari kitobga qanchalik darajada yaqinligini, qay darajada ko'p kitob o'qishini bilish maqsadida so'rovnoma tashkil qildik. Sizdan pastdagi "So'rovnomada qatnashish" yozuvini ustiga bosgan holda ushbu so'rovnomada ishtirok etishingizni, undagi savollarga faqat rost va aniq javoblarni belgilashingizni iltimos qilgan bo'lar edik. So'rovnomaning yakuniy natijalari keyinchalik "Ma'rifat" gazetasida e'lon qilinadi.

️ So'rovnomada qatnashish

🔵So'rovnomani boshqa o'qituvchi yaqinlaringizga ham ulashing. Ushbu xabarni ularga yuboring!

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ SOVRIN JAMGʻARMASI 5,5 MLRD SOʻM BOʻLGAN MATEMATIKADAN RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI!

💰 Bosh sovrin:
50 mln soʻm

🫥 PDP University10-11-sinf va akademik litsey oʻquvchilari uchun matematikadan Respublika fan olimpiadasini oʻtkazadi.

Roʻyxatdan oʻtish: @pdpolympiad_bot

▶️ Olimpiada haqida batafsil: https://t.iss.one/khiso/4119

🏆 Mukofotlar:

💎 Platinum ligasida: 50 mln soʻm
💎 Gold ligasida: 20 mln soʻm
💎 Silver ligasida: 10 mln soʻm

🎁 10 ta noutbuk, 20 ta televizor, 12 mln soʻmlik 300 ta grant

‼️ Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun PDP University’da ta’lim olish uchun 1,7 mlrd soʻmlik grantlar!

🫴 Aziz oʻquvchilar, matematika fanidan oʻz bilimlaringizni sinab koʻring va respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

☑️ Bosh homiy: MEGA MOTORS

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

☎️ | 78-777-77-47
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodirbek Abdusattorovdan klassik g‘alaba!

“Tata Steel Chess-2023”
turnirining bugungi raundidan o‘rin olgan titanlar jangi yakunlandi.

Olimpiada chempioni Nodirbek Abdusattorov va Jahon chempioni Magnus Karlsen o‘rtasida kechgan bahsda hamyurtimiz o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng Nodirbek o‘z hisobiga yana bir muhim ochkoni ishlab oldi va “Masters” guruhida mutlaq peshqadamga aylandi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ta'lim nazorati
👏Аттестация натижаларига кўра Хоразм, Бухоро ва Навоий вилоятлари устозлари етакчи!

2022 йилнинг биринчи ярмида 280 минг нафар педагог аттестацияда иштирок этиш учун ариза юборган бўлса, уларнинг 215 минг нафари навбатдан ташқари ўз ихтиёри билан аттестацияда иштирок этиш учун мурожаат қилган.

Иккинчи ярим йилликда ўтказиладиган аттестация жараёнига 228 минг нафар педагог қамраб олинган бўлиб, уларнинг 212 минг нафари, яъни 90 фоизи навбатдан ташқари ўз ихтиёри билан аттестацияда қатнашди. Якуний натижаларга кўра, ўтган йилда аттестацияда иштирок этган ўқитувчиларнинг 66 фоизи ижобий натижа қайд этган.

🚀Аттестацияда иштирок этганлар сони бўйича ўтган йили рекорд кузатилган.

🇺🇿Ҳудудлар кесимида таҳлил қилганда Хоразм, Бухоро ва Навоий вилояти ўқитувчилари юқорироқ натижа қайд этишган.

📁Таъкидлаш жоизки, ўтган йилнинг октябрь ойида эълон қилинган мактаблар рейтингида ҳам айнан ушбу учта вилоят юқори учликни банд қилишган эди.

📈Халқаро тадқиқотлар талаблари асосида мактаблар рейтингини аниқлаш учун физика ва математика фанлари бўйича бевосита жойига чиққан ҳолда ўтказилган назорат ишларида ҳам мазкур вилоятлардаги мактаб ўқувчилари энг юқори натижа қайд этишган эди.

Каналга уланиш
👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ IELTS o‘qish uchun yoshlarga 500 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 900 million so‘m

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 500 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
@Registan_grant_bot

📌 TANLOV NIZOMI BILAN TANISHING 👇👇
https://oliygoh.uz/post/registon-ielts-granti

❗️Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi - 12-fevral

❗️ XORAZM VILOYATI UCHUN AJRATILGAN GRANTLAR SONI
- 20 TA

🌐 Telegram | Facebook