XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Shovot_IMI
#Ustozlar_kuni

INSON QАDRI ULUG‘ - XOTIRАSI АBАDIYDIR!


Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xalq ta’limi a’lochisi, mohir pedagog, marhum ustoz Qadamboy Yusupov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda viloyat hokimining o‘rinbosari S.Salayev, tuman hokimi O.Xolboyev, nuroniy faxriylar, ta’lim fidoiylari, ustoz va murabbiylar hamda oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqganlar ustozni eslab qilgan ezgu ishlari, ta’limga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida so‘z yuritdilar va ustozga bag‘ishlab yozilgan “Mazmunli umr” nomli kitobning taqdimoti bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir doirasida sportning shaxmat, stol tennis, voleybol, stritbol turi va zakovat intellektual o‘yini musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib jamoa va yoshlar tuman hokimligi tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


🌐 Telegram | Facebook
🏆2
#Ustozlar_kuni
#Xiva_shahar_1_son_IMI

⚡️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosibati bilan, bayram tadbiri o'tkazildi
.

🎗 Tadbirning ahamiyatli jihati, maktabni 2023-2024- o'quv yilida bitkazib "Yangi O'zbekiston" universitetiga imtiyoz bilan qabul qilingan o'quvchisi - Niyazmetov Jaxongir ham qatnashib, nutq so'zladi. Ustozlariga tashakkurlar aytib, o'quvchi-yoshlarga maslahatlar berdi.

🌐 Telegram | Facebook
👏2👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

#Mirziyoyev #muloqot #taʻlim #oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Toshkent shahrida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ustozlar_kuni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida iqtidorli o’quvchilar va maktab psixologi L.Atajanova tashabbusligida 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan erta tongdan maktab o’qituvchi-ustozlarini ko’tarinki kayfiyatda kutib olishdi.

Shuningdek, maktabda "Qadri baland, oʻzi ulugʻ ustozim" nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Bayram tadbiri ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Asalxon Yuldasheva va ingliz tili fani oʻqituvchisi Mukarrama Abdullayevalar tomonidan tashkil qilinib, unda maktabga yangi qabul qilingan 5-sinf oʻquvchilari oʻzlarining sheʼr va qoʻshiqlari bilan faol qatnashdilar.


🌐 Telegram | Facebook
👍5