XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

🌎 27-sentabr - Butunjahon Turizm kuni

⚡️ Ushbu sana BMTning Xalqaro turizm tashkiloti – UNWTO tomonidan ilk bor 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan. Shundan beri har yili 27-sentabr butun dunyoda Xalqaro turizm kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu sanani ta'sis etish va nishonlashdan maqsad turizmni global miqyosda targ'ib qilish, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatini dunyo hamjamiyatiga yetkazish, xalqlar o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlashdir.

🌐 Telegram | Facebook
#kitobxonlik

📙Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri Indira Ibragimova 5-sinf o‘quvchilari bilan "Men o'qigan kitob" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. O‘quvchilar o'zlari o'qigan badiiy asarlar, ularning mazmuni va tarbiyaviy tomonlarini tengdoshlari bilan o‘rtoqlashdilar.

📙Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida maktab kutubxonasi rahbari Shohista Ismoilova boshchiligida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbat jarayonida maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi D.Matkarimova o'quvchilarga E.Hemengueyning "Chol va dengiz" asari haqida kengroq ma'lumot berdi.

📙Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyachi Ulliyeva Haitjon va kutubxona xodimasi Ozoda Jumaniyozova boshchiligida xalq dostoni hisoblanmish "Ravshan" dostoni borasida munozara, savol-javob darsi bo'lib o'tdi. O'quvchilar tarbiyachi va kutubxonachi ko'magida baytlarni o'qib tahlil qilishdi.

🌐 Telegram|Facebook