XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#yangi_baholash_tizimi

YANGI BAHOLASH TIZIMI JORIY ETILAYOTGAN MAKTABLARDAGI SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA

Umumta'lim muassasalarining 5-11-sinflarida formativ va summativ baholash tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy qilish yuzasidan o'quv seminarlari davom etmoqda.

✔️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatning O‘IBDO‘ S.Yo‘ldashov va fan o‘qituvchilari S.Qodamov, S.Atajanov, I.Sabirov, M.Shixnazarovlar Xiva tumanidagi 29-son va 42-son maktablarga borib, yangi baholash tizimi joriy qilingan maktab o‘qituvchilari bilan o‘zaro fikr almashib, zarur ma’lumot va g'oyalarni o'rtoqlashdilar.

✔️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari D.Madaminov va G'.Atajonovlar Xiva shahridagi 10-hamda 11-maktablarda bo'lib "Yangi baholash tizimi"ni joriy etish, uning afzalliklari hamda qo'llashning qonun-qoidalari kabi masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xalqaro_olimpiada
#OWAO_2024

🤩 GʻOLIBLAR KUTIB OLINDI

🔭Sochi shahrida boʻlib oʻtgan 3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasi sovrindorlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mas'ullari ishtirok etib, sovrindorlarni samimiy qutladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur olimpiadada terma jamoamiz aʼzolari 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Yangiariq_IM

FIDOYI O'QITUVCHI FAOLIYATI

"Xorazm-24" dasturida Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Shoira Otajonova faoliyati haqida lavha.

23.09.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

🌐 Telegram | Facebook
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo maktabida tanishuv va tajriba almashinuvi jarayonida qatnashmoqda.

Delegatsiya tarkibida Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining bir qator fan oʻqituvchilari va rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, ilmiy-pedagogik asoslar va umumiy yondashuvlar, Letovo taʻlim modeli bilan tanishish, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda Letovo maktabining direktori M.G.Mokrinskiy bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida taʻlim jarayonida infratuzilmalardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari, fanlararo aloqadorlik, baholash tizimi, STEАM yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida soʻz yuritishdi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik
#Qoʼshkoʼpir_IM

🔖 Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga yangi qabul qilingan 5-"A" sinf o‘quvchilari kutubxona faoliyati bilan tanishtirildi va kutubxonadan unumli foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushuncha berildi.

📘 Shuningdek, "Men sevgan adib" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Otkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari o‘quvchilar tomonidan to‘liq yoritib berildi va keyingi davra suhbati uchun o‘quvchilarga X.To‘xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarini o‘qish vazifa qilib berildi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Zakovat: Xorazm
✏️✏️✏️✏️✏️  ✏️✏️✏️✏️

📺 23-sentabr, dushanba kuni soat 18:20 da "Xorazm TV" telekanalida "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm Zakovat klubi va Xorazm teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tasvirga olinayotgan "Breyn ring" intellektual o'yinining JONLI EFIRDA navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

🟢Ushbu sonda o'qituvchi-pedagoglardan iborat Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yuksalish" jamoasi, Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatining "Ziyonur" jamoasi, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatining "Al Xorazmiy" jamoasi va Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining "Tafakkur" jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.

👤Bir-biridan qiziqarli savollar va murosasiz bahslarga boy bo'lgan o'yinda Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yuksalish" jamoasi gʼalaba qozondi!

🏆 Gʻolib bo'lgan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yuksalish" jamoasi aʼzolari bilan tanishing:

1️⃣ Dilmurod Ro'zmetov;
2️⃣ Doniyor Xo'janiyozov;
3️⃣ Mohinur Masharipova;
4️⃣ Saida Matyoqubova;
5️⃣ Gulmira Iskandarova:
6️⃣ Ikrom Ro'zmetov.

⭐️Ushbu jamoa O'qituvchilar o'rtasidagi "Breyn ring" teleo'yinining FINAL bosqichiga yo'l oldi!

⭐️ Eslatib o'tamiz, tez kunlarda "Breyn ring" o'yini bo'yicha "Hokim kubogi"ning II mavsumiga START beramiz.

😎  Agar o'yinlarni ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz, https://youtube.com/@azamatmatkarimov4847 youtube kanalidan barcha o'yinlar videosini tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lishni unutmang!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dars_jarayoni
#Xonqa_IM

🧪Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kimyo fanidan dars jarayoni qisqa lavhalarda.

O‘qituvchilar: F. Aminov. Q. Qilichboyev.

🌐 Telegram | Facebook