XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.31K videos
32 files
6.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ikkinchi_kun
#Uchinchi_ustozlar_milliy_forumi

Kecha Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida III Ustozlar milliy forumi o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ushbu forumning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Forum doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli, aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, tadqiqotchilik, kommunikativlik, raqamli va media savodxonlik, muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, tadqiqotchilikka asoslangan ta’lim, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha treninglar olib borilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Forwarded from T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog (Tursunbek Nurmetov)
Viloyat pedagogik mahorat markazi binosida “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi” mavzusida o'quv trening o'z ishini boshladi.

Joriy yilning 20-21-avgust kunlari o'qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan 150 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarning rahbar va pedagog xodimlari uchun o'quv trening bo'lib o'tadi.
O'quv treningni Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori D.Davidova va Markaz direktori o'rinbosari I.Saibovalar o'tkazishmoqda.

O'quv treningda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘I X.Bektemirov qatnashdi va o’z so’zida yangi baholash tizimida olib boriladigan dolzarb masalalar haqida to’xtalib o'tdi hamda o'qitish va bilimni baholashni yangi tizimi joriy qilingan maktab rahbarlari va pedagoglarning tizimli ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

@T_Nurmetov
Xorazmda “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi”ga bag’ishlangan o’quv trening mashg’uloti oʻtkazilmoqda

Bugun viloyat Pedagogik mahorat markazi binosida “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi” mavzusida o'quv trening mashg'uloti o'z ishini boshladi.

O'quv trening mashg’uloti Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori D.Davidova va Markaz direktori o'rinbosari I.Saibovalar tomonidan o'tkazishmoqda.

2023-2024-o‘quv yilida viloyatimizdagi 29 ta umumta’lim maktablarida yangicha baholash tizimi joriy qilingan bo’lsa, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab 121 ta qo‘shimcha umumta’lim maktablarda bilimlarni baholashning yangi tartibi joriy etilmoqda.

Trening mashg’ulotida yangicha baholash tizimi joriy etilayotgan maktablarning direktorlari hamda direktor o’rinbosarlari ishtirok etmoqdalar.

Mashg’ulotlar 20-21-avgust kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.


🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZILLAR:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

📝 IMTIHON TALABLARI


Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

📝 IMTIHON TALABLARI

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
to'g'ridan_to'g'ri_3_bosqichga_o'tgan_pedagoglar_ro'yxati.pdf
981.3 KB
#tanlov
#ishga_taklif

🔔 PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝 Bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqorida ilova qilinayotgan jadvallar asosida tanlovning 2-bosqichi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-bosqichga o‘tganligini bilishi mumkin.

📍Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari o‘tkaziladigan binolarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan toifa testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga berildi.

🪪 Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz so‘raladi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

🔔 IKKINCHI BOSQICHGA
TAVSIYA ETILGAN PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 22-avgust kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

📍Test jarayonlari bo’lib o’tadigan manzillar.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manzil:
Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi, “Mevazor” MFY, Quvonch koʻchasi, 111-uy)