XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.17K subscribers
23.5K photos
1.6K videos
33 files
7.01K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xiva_1_son_IMI
#Talaba_2024

Bugungi bitiruvchi - yangi Renessans bunyodkori

Muhtaram Prezidentimiz  ta’kidlaganlaridek, “Qutlug' ostonada turgan yoshlarning kechinmasini his etish uchun faqat yoshlikka qaytishning o'zi kifoya qilmaydi.Ularga yaratilgan shart-sharoitlardan bahramandlik ham zarur deb ta'kidlab o'tadilar”.

⚡️ XIVA SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI 16 nafar BITIRUVCHILARI OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA KIRISHDA 100% NATIJAGA ERISHDILAR

⚡️Maktab-internat jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!  Yutuqlar bardavom bo'lsin.


🌐 Telegram | Facebook
XORAZMDA III USTOZLAR MILLIY FORUMIGA START BERILDI

Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosida III Ustozlar milliy forumining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘I Xamro Bektemirov, boshqarma mutaxassislari hamda 500 nafarga yaqin o’qituvchilar ishtirok qildilar.

Boshqarma boshlig’i o’z so’zida tizimda olib borilayotgan islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida to’xtalib, yangi o’quv yili oldidan barcha ustozlarga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar forum yuzasidan fikr, mulohaza hamda takliflarini bildirdilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Ayni_vaqtda
#Uchinchi_ustozlar_milliy_forumi

Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida III Ustozlar milliy forumi o‘z ishini boshladi.

Ushbu tadbir yangi o’quv yili oldidan ilg’or metodikalar va sohadagi yangiliklarni o’qituvchilarga yetkazish maqsadida har yili o’tkaziladi.

Mahorat darslari umumta’lim fanlari, maktabgacha ta’lim, ma’naviyat, kutubxona kabi 18 ta yo’nalishni qamrab olgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌