XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI –  IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.  

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.

Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Yangiariq_IM
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#olimpiada
#tabriklaymiz

📊 "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" natijalariga ko'ra, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo'lib o'tdi.

🏆 G‘oliblar mos ravishda planshetlar, smartfon, simsiz quloqchin va SmartWatch soatlari bilan taqdirlanishdi.
📔 Shuningdek, har bir ishtirokchiga sertifikat, maxsus kitob va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu olimpiadada Xorazm viloyatidagi Agentlik tizimidagi maktablarimizdan:

🥇Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
o'quvchisi (7-8-sinflar o'rtasida) Toirov Tohirjon faxrli I O'RINni,

🥉Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi (5-6-sinflar o'rtasida) Abdalniyozov Shohjahon faxrli III O'RINni egalladi.

💫O'quvchilarmizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz va kelgusi olimpiada va tanlovlarda ham faqat g'oliblikni qo'lga kiritishlarini tilaymiz!

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

🌐 Telegram | Facebook