XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi.

📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta;
📍Andijon viloyatiga 6 844 ta;
📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta;
📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta;
📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta;
📍Namangan viloyatiga 5 406 ta;
📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta;
📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta;
📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta;
📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta;
📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta;
📍Toshkent shahriga 3 753 ta;
📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta;
📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

PREZIDENT MAKTABI UCHUN TEST SINOVLARI

07.07.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️
👏3👍1🔥1🤩1💯1
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Xushnudbek.uz
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
👍14
#Xorazm
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

👉 Bugun Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Xorazm viloyati bo‘yicha

"Yoshlik" sport majmuasida bir smenada bo‘lib o‘tdi.

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 727 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi - 610 nafar
🚷 Kelmadi - 117 nafar

🕰 Test sinovlari 8:00 da boshlandi va 9:30da tugadi.

☝️ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘z hududlarida o‘tkazilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
👍5🎉1
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Shu yilning 10-iyul kuni ijod maktablarining 3-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#imtihon_2024
#Ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 3-BOSQICHI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida:

ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Eslatma, Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Assalom_Xorazm

📆 Joriy yilning 9-iyul sanasida Xorazm televideniyesining "Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida

Hazorasp tuman IM biologiya fani o'qtuvchisi Qutlimuratov Davul,
Urganch shahar 1-son IMI o'quvchisi Jumanazarova Diana,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ikki nafar o‘quvchilari Otaboyeva Mumtozxon va Rustamboyeva Niginalar ishtirok etdilar.

💫 
Suhbat davomida qatnashchilar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohida 12 kunlik dam olish tassurotlari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

📱Marhamat, siz ham tomosha qiling.


🌐
Telegram | Facebook
👍8
#Xorazm
#ijod_maktablar

👉 Bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichi Xorazm viloyati bo‘yicha

"Yoshlik" sport majmuasida bir smenada bo‘lib o‘tdi.

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 362 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi - 335 nafar
🚷 Kelmadi - 27 nafar

🕰 Test sinovlari 8:00 da boshlandi va 9:30da tugadi.

🌐 Telegram | Facebook
4👍2