XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.16K subscribers
23.4K photos
1.6K videos
33 files
7K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#diqqat
#imtihon_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida 2024-2025-o’quv yili uchun saralash imtihonining 1-bosqichi 27-iyunda bo‘lib o‘tadi.


🔷 Ijodiy matn yaratish bosqichi ikki smenada o’tkazilib, 27-iyun kuni birinchisi 8:00 da 7-sinflar, ikkinchisi 11:00 da 9-10-sinflar uchun bo’lib o’tadi. Talabgorlar imtihon vaqtlarini va guruhlarini shaxsiy kabinet orqali bilib olishlari mumkin.

♻️Imtihonning birinchi bosqichi Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadi.

🗺Manzil: 🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-"A" uy

Murojaat uchun telefonlar:
99-964-07-53
88-518-07-53
99-963-93-83


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Renessans_oromgohi

Viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining olimpiadalarda g'olib bo'lgan bir guruh o'quvchilari:

▫️Abdullayev Jaloliddin - Xiva shahridagi Prezident maktabi
▫️O‘ktamboyeva Zarina - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Farhodov Oybek - Bog'ot tumani IM
▫️Sheripboyeva Bonu - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Jumanazarova Diana - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Kamulboyev Diyorbek - Bog'ot tuman IM
▫️Sadullayeva Gulasal - Xiva shahar 2-son IM
▫️Rustambekova Nigina - Ogahiy ijod maktabi
▫️Otaboyeva Mumtozxon -Ogahiy ijod maktabi
▫️Rajabov Dilshodbek - Hazorasp tumani IM

Shuningdek, lider ustozlar:

▫️Egamberdiyev Atabek - Hazorasp tumani IM
▫️Kuchkarov Abdulla - Shovot tuman IMI
▫️Qutlimuratov Davul - Hazorasp tumani IM
▫️Eshchanov Siroj - Hazorasp tumani IM
▫️Sadullayev Shoxrux - Yangiariq tumani IM
▫️Rozzoqov Anvar - Bog‘ot tumani IM
▫️Sabirov Ravshanbek - Bog‘ot tuman IM

🏕 Toshkent viloyatidagi “Renessans” sog'lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook