#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik
Ijod maktabida OTM kafedralari boʻlinmalari ochildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida muloqotlar tashkil etilib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, amaliy ishlar belgilab olindi. Muloqotlar yakunida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va TDSHU oʻrtasida qo'shma qaror, UrDU bilan qo'shma buyruq imzolandi.
✔️Shu munosabat bilan ijod maktabida TDSHUning “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’linmasi, UrDUning "O'zbek tili va adabiyoti" va "Roman-German filologiyasi" kafedralari filiallari tashkil etildi.
🇰🇷Amaliy ishlar doirasida Koreyashunoslik fakulteti dekani Sh.Usmonova boshchiligida Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Maktab o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, TDSHU, undagi Koreyashunoslik fakulteti haqida taqdimot qilindi.
🌐 Telegram | Facebook

#Hamkorlik
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Uchrashuv
⚜ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida
𝙔𝙖𝙣𝙜𝙞 𝙊'𝙯𝙗𝙚𝙠𝙞𝙨𝙩𝙤𝙣 𝙪𝙣𝙞𝙫𝙚𝙧𝙨𝙞𝙩𝙚𝙩𝙞𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙥𝙧𝙤𝙛𝙚𝙨𝙨𝙤𝙧𝙡𝙖𝙧𝙞, 𝙂𝙪𝙢𝙖𝙣𝙞𝙩𝙖𝙧, 𝙩𝙖𝙗𝙞𝙞𝙮 𝙫𝙖 𝙞𝙟𝙩𝙞𝙢𝙤𝙞𝙮 𝙛𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞 𝙈𝙖𝙩𝙚𝙢𝙖𝙩𝙞𝙠𝙖 𝙙𝙚𝙥𝙖𝙧𝙩𝙖𝙢𝙚𝙣𝙩𝙞 𝙙𝙤𝙩𝙨𝙚𝙣𝙩𝙡𝙖𝙧𝙞
𝙆𝙨𝙞𝙖𝙤𝙟𝙪𝙣 𝘾𝙝𝙚𝙣 hamda
𝙀𝙨𝙝𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫 𝙁𝙖𝙧𝙝𝙤𝙙 𝙓𝙖𝙨𝙖𝙣𝙤𝙫𝙞𝙘𝙝𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙞𝙡𝙖𝙣 𝙪𝙘𝙝𝙧𝙖𝙨𝙝𝙪𝙫 𝙗𝙤'𝙡𝙞𝙗 𝙤'𝙩𝙙𝙞.
Uchrashuvda
▪️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
▪️Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▪️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
▪️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
▪️Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida 100%, 70%, 50% lik grantlar va ularni qo‘lga kiritish bo‘yicha ma'lumotlar berildi, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

#Shovot_IMI
▶️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va IT PARK XORAZM FILIALI bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Kelishuvga ko'ra, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-"A" sinf o'quvchilari IT PARK da amaliyot o'tashdi.
📍Uchrashuv davomida o'quvchilar bu yerda yaratilgan sharoitlar, o'quv kurslar bilan tanishibgina qolmay, dars jarayonlarini ham kuzatishdi. Amaliyot sifatida turli xil dasturlarda dasturlar yaratishdi.

#Odam_savdosiga_qarshi_kurashish
"ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH" SHIORI OSTIDA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARG‘IBOT ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
❇️ Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchi va o'qituvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida "Odam savdosining oqibatlari" mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi hamda o'quvchilar mavzuga oid insho yozishdi.
❇️ Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha profilaktika inspektori kapitan Azamat Rahmanov o'quvchilar bilan "Odam savdosining oqibatlari" mavzusida suhbatlashdi.
❇️ Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Odam savdosining oqibatlari” mavzusida diniy ishlar bo‘limi bosh mutaxasisi Jahongir Matchanov, tuman ma’naviyat va ma'rifat markazi mutaxassisi Anvar Ibragimov, tuman IIB xodimi Quvondiq Ro‘zmetovlar tomonidan davra suhbati o'tkazildi. Mavzu doirasida taqdimotlar va video roliklar o‘quvchilarga taqdim qilindi.

#Yangibozor_IMI
✨Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali o‘rtasida memorandum imzolandi.

#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Xonqa_IM
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA "MEN O‘ZBEKISTONLIKMAN" LOYIHASI DOIRASIDA TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA
🕹Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Toshkent Davlat yuridik universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari "Men O‘zbekistonlikman" loyihasi doirasida targ’ibot tadbiri o’tkazdi. Loyiha doirasida 10- sinf o’quvchilari o’rtasida "Zakovat" intellektual o’yini tashkil etildi.
🕹Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent Davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinida ixtisoslashtirilgan maktabining 6 ta jamoasi qatnashib o‘zaro kuch sinashdi. Bellashuv viloyat va tuman Adliya bo‘limi vakillari tomonidan kuzatib borildi. Tadbirni Toshkent Davlat yuridik universiteti volontyor talabalari olib borishdi va baholashdi.
Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan I, II, III o‘rinni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

#mahorat_darsi
#Ogahiy_ijod_maktabi
May oyi davomida Ogahiy nomidagi ijod maktabida:
⏺ Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik doirasida "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent Otaxonova Venera tomonidan Ahmad A'zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasida ilgari surilgan g‘oyalar mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 02.05.2024
⏺ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan "Mahorat darslari" reja jadvaliga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva tomonidan "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida mahorat darsi olib borildi. 16.05.2024
⏺ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov va "Mumtoz filologiya va adabiy matnshunoslik" kafedrasi mudiri Rixsitilla Alimuhammedov tomonidan "Qadimiy yozuvlar tarixi" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. 21.05.2024

#Xiva_Prezident_maktabi
⏩ Xiva shahridagi Prezident maktabida Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi bilan imzolangan memorandum doirasida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda.
📍Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy maktabining o'quvchi yoshlari Prezident maktabidagi ta'lim jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Sport zalida o'quvchilar o'rtasida voleybol o'yinlari o'tkazildi. Bundan tashqari, robototexnika to'garagi a'zolari o'zlarining loyihalarini taqdimot qildilar.