XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚜️Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchisi RAHIMBERGANOVA MUSLIMAXONning yutuqlari bilan tanishing:

▪️SEAMO-2023 (Janubiy-Sharqiy Osiyo Matematika Olimpiadasi)da bronza medali sohibi.

▪️2022-2023-o'quv yilida STEM fanlari olimpiadasi hududiy bosqichida 3-o'rinni egalladi.

"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning:

▪️Tuproqqal'a tumani bosqichida 3-o'rin (3 mln)

▪️Hazorasp tumani bosqichida 2-o'rin (4 mln)

▪️Qo'shko'pir tumani bosqichida 1-o'rin (5 mln)

▪️Xiva tumani bosqichida 3-o'rin (3 mln)

▪️Shovot tumani bosqichida 3-o'rin (3 mln)

▪️Viloyat hokimi olimpiadasi final bosqichi- "HOKIM KUBOGI"da 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

▪️Matematika fanidan "Qizlar olimpiadasi"ning Respublika bosqichida 3-o'rinni egalladi.

2024-yil 6-yanvar kuni IMAS Xalqaro Matematika olimpiadasi dastlabki bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tib, finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Muslimaxonga final bosqichida ham omad tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#hashar
#Qoʻshkoʻpir_IM

🗓 Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab, shuningdek, Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  ham  “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Joriy yilning 19-mart kuni Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Urganch Davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti vakillari maktab pedagog-o'qituvchilari va bitiruvchi (abituriyent) o’quvchilar bilan uchrashuv o’tkazdilar.

📌
Uchrashuvda Kimyoviy taxnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kurambaev, Oziq-ovqat texnologiyasi kafedra mudiri B.Ibadullayev va katta o'qituvchi X.Jumaniyazovlar ishtirok etib, bitiruvchilarimizga Urganch Davlat universitetidagi mavshud shart-sharoitlar, qabul kvotalari, ta'lim jarayoni bilan bog'liq kerakli ma’lumotlar berib o’tildi.

Shuningdek, universitet vakillari tomonidan maktab o'qituvchilariga pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirishga ko'maklashishga, yuqori sinf o'quvchilarining universitetga tashrif buyurib, amaliyot o'tashlarida hamkorlik memorandumlari imzolanishiga kelishib olindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z! deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktabning iqtidorli o'quvchilari o'z chiqishlari bilan barchani xursand qilib bayram kayfiyati ulashishdi.

🌺 Har kuningiz NAVRO'Z bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Kasbga_yònaltirish

📆 25-mart kuni Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va "International academy of business" MChJ (IT PARK) bilan hamkorlik MEMORANDUMi imzolandi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2024-yilning 30 mart kuni maktabning IT sohasiga qiziquvchi 10-11-sinf o'quvchilari tumanda yangi ish boshlagan IT PARK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

📝 Amaliyot davomida WEB-DASTURLASH kursi mentori D.Matyaqubov IT PARKning asosiy maqsadi hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan kurslar:
- Offis Dasturlari (Kompyuter savodxonligi),
- Web Dasturlash,
- Dasturlash tillari yo'nalishi,
- Android Dasturlash,
- Arxitektura va Dizayn,
- IT English kurslari to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasi bo'yicha OTMlarga o'qishga kirishni maqsad qilgan 10-11-sinf o'quvchilari uchun bu amaliy mashg'ulot alohida ahamiyat kasb etdi.

BATAFSIL

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi
#Amalga_oshirilgan_ishlar
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning formativ -summativ baholash tizimi joriy o'quv yili boshidan Qo'shko'pir tumanidagi 4-son, 7-son umumiy o'rta ta'lim maktablari va 4-son AFCHO'Mda tajriba-sinov tariqasida qo'llana boshlandi.

🎤 Yangi baholash tizimi va uning afzalliklari xususida umumta'im maktablar o'qituvchilari va o'quvchilari o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirishmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#Qoʻshkoʻpir_IM
#dars_jarayoni

⚡️Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Esamurotova Dildora tomonidan ochiq dars tashkil qilindi.

Ochiq dars Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlandi.

📌 Dars mashg'uloti 8-D sinfda bo'lib o'tdi va unda o'quvchilar faol ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#uchrashuv
#Qoʻshkoʻpir_IM

📆 Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi da "International academy of business" MChJ (IT PARK) boshqaruvchisi J.Qurbonboyev bilan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

📝Uchrashuv davomida IT park boshqaruvchisi J.Qurbonboyev o'quvchilarga IT PARKning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlarga yangi axborot texnologiyalari sohasida mustahkam va barqaror bilimlarni berishga qaratilganligini hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan zamonaviy kasblar to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar uchun bu uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoʻshkoʻpir_IM
#Robototexnika

⚙️ Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "ROBOTOTEXNIKA" to'garagi faoliyatidan videolavhalar

💡To'garak rahbari: J. Otamurotov

🪜 To'garak a'zolari SMART loyihalar ustida ish olib borishmoqda


🌐Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - "Xotira va qadrlash" kuniga bag'ishlab "Ikkinchi jahon urushi xotiralarda" shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil qilindi.

✔️ O'tkazilgan tanlovda 5-6-sinf o'quvchilari faol ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#psixologik_faoliyat
#Qoʻshkoʻpir_IM

Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Zubayda Asqarova tomonidan tashkil qilingan psixologik metodika va trening mashg'ulotlaridan lavhalar:

✴️ 5-11-sinflar o'rtasida "Siz bilgan maktabimiz pedagoglari" so'rovnomasi,
✴️ 5-sinflarda "Sonlar tilga kirganda",
✴️ 6-sinflarda "Neyrogimnastika","Artterapiya",
✴️ 7-sinf o'quvchilari bilan ahillashtiruvchi va korreksion trening mashg'ulotlari,
✴️ 7-11-sinflar o'rtasida "Men o'zimga, o'z kuchimga ishonaman" so'rovnomasi o'tkazildi.

O'quvchilar va pedagoglarning pozitivligini oshirish uchun "Quvnoq oyoqchalar" va boshqa bir qator psixologik metodikalar o'tkazilib kelinmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#olimpiada
#tabriklaymiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qoʻshkoʻpir_IM

5-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida 3-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro IMAS 2024 olimpiadasi tashkil etildi.

👉🏼 IMAS olimpiadasi Tayvanda 2011-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Ushbu test o‘quvchilarni nafaqat matematika bo‘yicha iqtidorlarini sinash, balki ulardagi matematik ufqlarni kengaytirish qobiliyatini tekshirishga jalb etishda rag‘batlantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yakuniy bosqichda har bir kategorya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Amity sovg‘alari, Tayvandan keltirilgan medallar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ushbu olimpiadada:

✔️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-01 sinf o'quvchisi O'KTAMBOYEVA ZARINA - 🥈 kumush medal sohibiga aylandi.

✔️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi RAHIMBERGANOVA MUSLIMAXON - 🥉bronza medalini qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook