XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Uchrashuv

MEDIA SOHASINING TANIQLI VAKILLARI BILAN IJODIY
UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

💠 Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Yangi media ta'lim markazi" NNT direktori,f.f.d Beruniy Olimov va taniqli bloger, jamoat faoli Aqida Xanum bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda B.Olimov jurnalistikaning vazifalari, media sohasida hozirgi ochiq siyosat, internet tarmog'idan to'g'ri foydalanish malakalarini shakllantirish masalalariga to'xtaldi.

"Yangi media ta'lim markazi" NNT vakili Parvinaxon sifatli media kontentlar yaratish, ijodiy ishlarni tijoratlashtirish yo'llari bo'yicha maslahatlarini berdi.

Jamoat faoli Aqida Xanum jamiyatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, blogerlikning o'ziga xos jihatlari haqida gapirib, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari - yosh ijodkorlarga o‘zining dil istaklarini, tilaklarini bildirdi.

➡️ Uchrashuvda o‘quvchilar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qidilar va mehmonlarga "Ogahiy izdoshlari" kitobi sovg'a qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#uchrashuv
#Qoʻshkoʻpir_IM

📆 Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi da "International academy of business" MChJ (IT PARK) boshqaruvchisi J.Qurbonboyev bilan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

📝Uchrashuv davomida IT park boshqaruvchisi J.Qurbonboyev o'quvchilarga IT PARKning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlarga yangi axborot texnologiyalari sohasida mustahkam va barqaror bilimlarni berishga qaratilganligini hamda bu yerda dasturlash yo‘nalishlarini o‘rganib, daromadli sohaning egasiga aylanish mumkin bo'lgan zamonaviy kasblar to'g'risida o'quvchilarga ma'lumotlar berib o'tdi.

📌Aynan IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilar uchun bu
uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi.

🌐 Telegram | Facebook