XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Sport

📍Joriy yilning 14-mart sanasida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabida jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Laylo Xurmatova tomonidan "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil qilindi.


🏆 Sport musobaqasida jamoalar o‘zaro "Xalqadan o‘tish", "Quvnoq to‘pchalar", "Fishkadan o‘tish" va "Arqon tortish" shartlari bo‘yicha bellashdilar. Qiziqarli tarzda o‘tgan bellashuv yakuniga ko‘ra

🥇-o‘rin 9-sinf "To‘maris"
🥈-o‘rin 8- sinf "Kelajak yoshlari"
🥉-o‘rin 7- sinf "Chaqqonlar" jamoasi deya topilib maktab ma'muriyati tomonidan diplom bilan taqdirlandilar.


🌐 Telegram | Facebook
#DAVRA_SUHBATI
#Shovot_IMI
#jadidlar

🏫 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-7 sinflarda "JADIDCHILIK-YANGI UYG'ONISH ASOSI" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

📜Bundan ko'zlagan maqsad: o'quvchilarda milliy mustaqillik va ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rgatish

🌐 Telegram | Facebook
⚡️Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

16−18-mart kunlari (shanba, yakshanba va dushanba) O‘zbekistonda Navro‘z arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”shiori ostida o‘tkaziladi.

Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, shu kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

Hashar doirasida, shuningdek, “Mahallamga 10 tup daraxt — mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Hasharlar faqat ixtiyoriy ravishda hashar ishtirokchilari ishlaydigan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilangan.

🌐 Telegram | Facebook
#taqdimot

⚡️O‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan ilk onlayn ta'lim platformasi yaratildi

"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘zbek tili onlayn ta'lim platformasi yaratildi.

15-mart kuni Toshkent shahrida ushbu platformaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Til–millat ko‘zgusidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi. Hozirgi globallashuv va axborot davrida ona tilimizni sofligicha saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

O‘zbek tilini o‘rganish platformasi, avvalambor, o‘z yurtidan yiroqda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga mo‘ljallangan.

Xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘pgina platformalar mavjud bo‘lib, aynan o‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bu kabi yaxlit platforma ilk bor ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Boshqarma boshlig‘i asosiy fan olimpiadasi Respublika bosqichida ishtirok qiluvchi o‘quvchilar ishtirokida ZOOM platformasi orqali urashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, fan olimpiadasi Respublika bosqichida ishtirok qiluvchi o‘quvchilar va ularning ustozlari hamda shu maktab direktorlari ishtirok qildilar.

Ma'lumot uchun, asosiy olimpiadasining Respublika bosqichida - 53 nafar, Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (science) va aniq fanlar olimpiadasi respublika bosqichida - 12 nafar, Turkmaniston xalqaro matematika olimpadasida - 8 nafar, nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda Xalqaro iqtisod va geografiya olimpiadalarida - 9 nafar ishtirok qiladilar.

Saralashning 3 - (yakuniy) bosqichida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilardan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt