XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Agentlik_olimpiadasi
#Qizlar_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#2_kun

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilayotgan "STEM fanlari olimpiadasi" va "Qizlar olimpiadasi"ning ikkinchi  bosqich test jarayonlari yakunlandi.

📝Hozirda hakamlar tomonidan o'quvchilarning ishlari tekshirilmoqda.

📈Natijalar tez orada e'lon qilinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xorazm

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bugun Urganch shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyiga tashrif buyurdi.

📍 Tashrif davomida yangi binoning qulay shart-sharoitlari bilan tanishildi.

❗️Shu bilan birga, vazir tomonidan bir qator takliflar ham bildirildi. Xususan:

yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida katta qamrovli maktablar uchun shunday harbiy sinflarni yaratish,
mazkur ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi takliflar shular jumlasidandir.

⚡️Ma’lumot uchun: bugungi kunda Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyida 150 nafar o‘quvchi ta’lim olishmoqda.

❗️
Ushbu litseyda ta’lim beruvchi pedagoglar uchun alohida oilaviy yotoqxona ham tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#teatr
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎭 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Mahorat teatri tomonidan ishlangan "Bo'zqir arsloni- Jaloliddin" spektaklidan lavhalar.


🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

🌟
Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7-sinf o'quvchisi

Tairov Tohirjon Mardonbek o'g'lining yutuqlari bilan tanishing:

🔹
4-may, 2023-yil bo'lib o'tgan Viloyat hokimi olimpiadasida 2-o'rin, 4mln pul mukofoti;

🔹20-may, 2023-yil bo'lib o'tgan Viloyat hokimi olimpiadasida 1-o'rin, 5 mln pul mukofoti;

🔹8-iyun, 2023-yil bo'lib o'tgan Viloyat hokimi olimpiadasida 2-o'rin, 4 mln pul mukofoti;

🔹10-fevral, 2024-yil hokim olimpiadasining "Hokim kubogi"da 2-o'rin;

🔹18-fevral, 2024-yil KHISO olimpiadasida oltin medal;

🔹23-24-fevral, 2024-yil bo'lib o'tgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida STEM fanlari bo'yicha olimpiadaning hududiy bosqichida 1-o'rin;

🔹2024-yil 25-30-mart kunlari Turkmanistonda bo'lib o'tadigan Xalqaro matematika olimpiadasida qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi.

🎗Tairov Tohirjonga Xalqaro matematika olimpiadasida omad tilaymiz!


🌐 Telegram | Facebook
#bugun_xorazm

🔎Vazir Hilola Umarova Xorazm viloyatiga tashrifi davomida faoliyati qoniqarli bo'lmagan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini chuqur o'rganmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ularni Davlat  hamda investitsiya dasturlari doirasida rekonstruksiya qilish va yangidan qurish loyihalariga kiritishdir.

📍Navbatdagi tashrif manzili Urganch shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabi hamda 35-DMTT bo'ldi. 13-maktab binosi 1963-yilda qurilgan.  Tashrif davomida:

maktab binosining holati ko'zdan kechirildi;
o'quvchilar bilan ta’lim olish jarayonlari haqida suhbat olib borildi.


❗️6,4 gektar maydonda joylashgan ushbu maktabning katta qismi ayni paytda qarovsiz holda ekanligi vazir tomonidan tanqid ostiga olindi. Vazir aholiga qulay sharoitlarni yaratish hamda ta'lim tizimida klaster yo'nalishini kengaytirish maqsadida bo'sh turgan yerlarda DXSH asosida MTTlar barpo etish taklifini ilgari surdi.

Faoliyatni yaxshilash maqsadida qator takliflar berildi, jumladan, vazir klaster tizimini joriy etishga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Mas’ul xodimlarga vazifalar yuklandi.

🔺Maktabning bugungi kundagi koeffitsienti qoniqarli bo‘lmaganligi uchun 72 ballda baholandi. Ma'lumot uchun, ta'lim darajasini baholash toifalariga ko'ra, maktablarga 4 toifada ball beriladi:
🔸ta'lim darajasi eng past - 56,7 balldan past;
🔸 past - 56,7 balldan 75,5 ballgacha;
🔸 qoniqarli - 75,6 balldan 94,4 ballgacha
;
🔶 yaxshi maktablar - 94,5 balldan yuqori.

📍Keyingi tashrif obyekti 35-DMTT 140 o‘ringa mo'ljallangan bo'lib, 1986-yilda qurilgan. O'tgan davr mobaynida biror marta kapital ta’mirlanmagan.

❗️Maktabgacha ta’lim tashkilotining holati qoniqarsiz, bolalar yotoqxonalarida issiqlik ta'minoti yetarli darajada emasligi alohida ta’kidlandi. Mas'ullarga DMTTni rekonstruksiya qilish uchun o'rnatilgan tartibda murojaat qilish topshirig'i berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Юлдуз Атаджанова
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_olimpiadasi
#Qizlar_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi

🎞 23-24 fevral kunlari Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan

"STEM fanlari olimpiadasi" va "Qizlar olimpiadasi" Xorazm viloyati bosqichi jarayonlari videotasvirlarda

🌐 Telegram | Facebook