XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Tanlov

(Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati va "Mangulik jamoli" jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Matnazar Abdulhakim tavalludining 7⃣6⃣ yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

📄 1. “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Matnazar Abdulhakim she’rlari (g‘azallari, Xorazmcha ijod namunalari) ga nazira bog‘langan yangi ijod namunasi yaratishlari lozim.

🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim. Davomiyligi 2-4 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

📝 Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan alohida aniqlanib, joriy yilning 20-fevral kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Xorazm adabiy muhitining o‘ziga xos darg‘alaridan biri bo‘lmish Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib qilish, shoir tavalludini bayramona tarzda o‘tkazish, ijodkor va iste'dodlilarni aniqlash, ularni rivojlantirish, rag'batlantirish reja va maqsadimizdir.

📩
Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni +998942364224 (@XorunMuso) telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 1-fevraldan 15-fevral sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

🔘
Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

‼️ Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram