XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Lider_oʻqituvchilar_olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat olib borayotgan matematika va kimyo fani o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning Xorazm viloyati hududiy bosqichi boʻlib oʻtgan edi. Unda ishtirok qilgan pedagoglar orasida g'olib bo'lgan ustozlar bilan tanishing:

KIMYO FANI BO'YICHA:

🥇Matyakubov Jurabek - Xiva shahar 2-son IM
🥈Eshchanov Siroj - Hazorasp tumani IM
🥉Qilichbayev Qadirbergan - Xonqa tumani IM

MATEMATIKA FANI BO'YICHA:

🥇Kuchkarov Abdulla - Shovot tumani IMI
🥈Xudayberganov Muzaffar - Qo'shko'pir tumani IM
🥉Kamalov Ne'matjon - Bog'ot tumani IM

🔺Ma'lumot uchun, olimpiadaning birinchi bosqichida g'oliblikni qo‘lga kiritgan ustozlarimiz 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkaziladigan olimpiadaning Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Ustozlarimizga respublikada ham g'olib bo'lishlarini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasida boʻlib turgan Taʼlim delegatsiyasi aʼzolari Koreya National Education Training Institute taʼlim tashkilotda boʻlishdi.

🗺Bu yerda:
Koreya taʼlim tizimida pedagoglar malakasini oshirish tajribasi;
maktab direktorlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi;
zamonaviy IT taʼlim tizimidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari;
pedagog va maktab direktorlariga litsenziya berish mexanizmi bilan tanishib chiqildi.

📝Oʻz navbatida Oʻzbekistondagi taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, joriy etilayotgan yangiliklar va shu bilan birgalikda malaka oshirish sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi

Kelajakda pedagoglar va maktab direktorlarining malakasini oshirish tizimida hamkorlik qilish va ular uchun seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Taklifnoma

"OGAHIY HAMISHA BARHAYOT" NOMLI TADBIRIMIZGA MARHAMAT


🔹 Hurmatli vohadoshlar! Sizlarni ertaga 15-dekabr soat 14:30 da Xiva shahrida joylashgan Ogahiy nomidagi ijod maktabida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan "Ogahiy-hamisha barhayot" nomli nazm va navo kechasida aziz mehmon bo‘lishga taklif etamiz.


🔸Tadbirda adabiyot va san'at shaydolari uchun o‘zida milliy qadriyatlarimizga yo‘g'rilgan o‘tmishimiz haqida, eski Qiyot bahridan to‘yingan nazmiy she'rlar, sahna ko‘rinishlari va Ogahiy g‘azallari asosida yaratilgan ko‘hna maqomlarimiz ijro qilinadi. Tadbirda shuningdek, Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tanlov g'oliblari tantanali taqdirlanadi.

➡️ Barcha aziz mehmonlarni kutamiz
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Shovot_IMI

❄️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qishning sovuq kunlarida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil qilish maqsadida turli sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

📚Bundan tashqari o'quvchilar kutubxona imkoniyatidan ham unumli foydalanishmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
📣 Diqqat, e’lon!

❗️HURMATLI KUZATUVCHILAR!

📒 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi qayta tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.

🔴 Endi yangiliklarimizni ushbu yangi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin: 👉 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

📶 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, shuningdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening bo’lib o’tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiri bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda xorazmlik 9 nafar ta'lim sohasi xodimlari ham ishtirok qilmoqda.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt