XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab-internati hamda "Dialog school" maxsus xususiy ta'lim muassasasiga bordik.

Suhbat avvalida, Davlatimiz rahbarining har bir bolaga, ayniqsa imkoniyati cheklangan bolajonlarga bo’lgan alohida e’tiborini va mehrini yetkazdik.

Uchrashuv davomida yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirish ko‘zda turilgan rejalar haqida dildan gaplashdik.

Bundan tashqari, bolajonlarning mashg'ulot jarayonlarini kuzatdim, ularning yagi bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlari bizda alohida taassurot qoldirdi.

Shubhasiz, yurtimizda ta'lim imkoniyatlari barcha bolalar uchun teng bo'lishi lozim va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish juda muhim
.

✔️ Ularning qiziqishlari va iqtidorlarini inobatga olgan holda ta'lim berish, o‘quvchilarda birlamchi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekanini ham alohida ta'kidlab o‘tish lozim.

Ma'lumot o‘rnida qayd etishim kerakki
, "Dialog school" xususiy ta'lim muassasasi boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan. Hozirda bu yerda 20 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat olib borishmoqda.

Bu kabi maktablarda o‘zaro metodik almashinuvni joriy etish hamda xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish juda muhim.

Maktab rahbariyati hamda ustozlar bilan tajriba almashinuv hamda maxsus olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

🏆“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

📝Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Viloyat_bosqich

🇺🇿 Mamlakatimizda ilm-fan, san'at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor fidoyi talaba-yoshlar o‘rtasida

🔸Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika ko'rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabidan ustoz va o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

🥇1-o‘rin "Nasr" yo‘nalishidan
Jumanazar Yo‘ldoshev, maktabning "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari
🥉3-o‘rin
Nurmamatova Oygul, 8-"B" sinf o‘quvchisi


🥈2-o‘rin "Nazm" yo‘nalishidan
Yo‘ldosheva Dilrabo, 9-"B" sinf o‘quvchisi

🥇1-o‘rin "Publitsistika" yo‘nalishidan
Xorun Muso, maktabning tarbiyachi-pedagogi

🥈2-o‘rin "Axborot texnologiyalari" yo‘nalishidan
Baxtiyorov Jahongir, 10-"B" sinf o‘quvchisi

➡️ G'oliblarimizni tabriklaymiz va Respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikki nafar ustoz-pedagoglarimizga omad tilymiz.
#Xushxabar
#Respublika_tanlovi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔸 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkazilgan Respublika insholar tanlovida oʻzining "Sharafimsan, iftixorimsan, Vatan bayrogʻi! mavzusida yozgan inshosi bilan ishtirok etgan

🔹Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"A" sinf oʻquvchisi Amatova Muxlisa faxrli 2-oʻrinni egalladi. G‘olibamiz diplom, sovgʻa va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

➡️ Tashkilotchilar tomonidan taqdim qilingan diplom va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bugun Toshkentdan yetib keldi.

👏 O‘quvchimizni maktab jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bugun


3-Dekabr - Xalqaro Nogironlar kuni

Международный день инвалидов

International Day of Disabled Persons

♿️ Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni har yili nishonlanuvchi sana bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida bunday insonlarning huquqlarini targ‘ib qilish.

📍Ushbu bayramga 1992-yilda asos solingan bo‘lib, o‘shandan buyon asosiy e'tibor omma tomonidan nogironlarning muammolari tushunilishiga ko‘maklashish hamda bunday insonlarning sha'ni hamda huquqlari qadrlanishi va ularning farovon hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni ta'minlab berishga qaratib kelinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Direktorlar_Angliyada

Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etgan maktab direktorlariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir avvalida har bir ishtirokchi o’z ta’lim muassasasini rivojlantirish bo’yicha loyiha ishini taqdimot qildi.

Shundan so’ng, har bir qatnashchi tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.

❗️Shu bilan Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga tashkil etilgan kasbiy rivojlanish dasturi o’z nihoyasiga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM