XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
19.8K photos
1.31K videos
32 files
6.04K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#yashil_makon
#Ijod_maktabi

⚡️Atrof muhit qanchalik ozoda va go‘zal bo‘lsa u yerda baraka bo‘ladi

🗣“Yashil makon” umummilliy loyihasi
doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

🗺Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbirlar izchil tashkil etilmoqda.

🌱28-oktabr kuni navbatdagi shunday tadbir davomida maktab oldi va o'quvchilar turar joyi atroflariga turli navlardagi gullar ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Xushxabar

💢O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan tashkil etib kelinayotgan "Yil ayoli" Respublika milliy tanlovining Xorazm viloyati tuman-shahar bosqichlari bo'lib o'tmoqda.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovning Shovot tuman bosqichida Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova "Oz ishining ustasi" nominatsiyasi bo'yicha mutloq g'olib deb e'tirof etilib, 1-orinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🌺Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan e'tirofga loyiq ustoz Hafiza Karimovani yutuqlari bilan tabriklaymiz. Respublika milliy tanlovining keyingi bosqichlarida ham faqat va faqat g'alabalar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Forwarded from 🏫Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Dilfuza Iskandarova Shovot IMI)
❇️Xorijiy tillarni ommalashtirish, o'quvchi yoshlarning chet tillarini puxta o'zlashtirishini ta'minlash maqsadida xorijlik malakali mutaxassislar O'zbekiston maktablariga jalb etilmoqda.

Xususan, 30-oktabr kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga hindistonlik MR. FASALUREHMAN POOZHI KKUTH keldi.

⚡️Mehmon maktab-internatimiz jamoasi hamda o'quvchilari tomonidan munosib kutib olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizning eng yaxshi 100 nafar maktab o‘quvchisi qatoriga kirishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol 100 nafar maktab o'quvchilarini aniqlamoqda!

1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor maktab o'quvchilari Ziyolilar to'plami qahramoniga aylanadi.

“Ziyolilar School” almanaxiga hujjat topshirish 1 dan 5-noyabrgaсha cho’zildi!

Barcha hujjatlaringizni yig’ib e'tibor bilan anketani to’ldirishingizga chorlab qolamiz!

Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.school veb-sayti orqali ariza to'ldiring!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Yangi_loyiha
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

Avval xabar berganimizdek, Ogahiy ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🔰Ushbu loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi instituti (NILE) bilan hamkorlikda amalga oshirilib, “Maktab chempionlari” (School Champions) deb nomlanadi.

⚡️2023-yilning 30-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabida maktab ma'muriyati va ingliz tili fani o'qituvchilari bilan birgalikda ushbu loyihaning mazmun-mohiyati, tajriba–sinov jarayonini rejalashtirish, loyihani
amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalari
bo'yicha davra suhbati tashkil qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Tanlov

⚡️ Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar diqqatiga

📆Tanlovning ikkinchi (test) bosqichi shu yilning 4-noyabr kuni hamda tanlovning uchinchi (suhbat) bosqichi 5-noyabr kuni oʻtkaziladi.

Test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishingiz soʻraladi! Imtihonga kechikkan oʻqituvchilar test sinovlariga qoʻyilmaydi!

🪪 Oʻzingiz bilan fuqarolik pasportini olishni unutmang.

🗺Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 13 ta hududidagi Prezident maktablarida hamda Toshkent shahri uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkaziladi.

📝 Quyidagi havola orqali test sinoviga kirish vaqtini aniqlab olishingizni soʻraymiz:
👉 https://portal.piima.uz/page/o-qituvchilar-tanlovi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM