XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.95K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Summativ_baholash
#Urganch_shahar_1_son_IMI

❗️Ma’lumki, formativ-summativ baholash tizimini joriy o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko’zda tutilgan.

Ushbu jarayonlarda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglar trener qilib belgilangan.

Bugun Urganch shahar 1-son IMIning trener o‘qituvchilari S.Jumaniyozova va R.Matrasulovalar tomonidan Xorazm viloyati pegagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish markazi metodistlari uchun test jarayonlari tashkil qilindi.

📌 Maqsad: yangi baholash tizimi yuzasidan mavjud bilim va ko‘nikmalarning diagnostik tahlilini o‘tkazish va kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlarning rejasini shakllantirish.

🌐
Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Ijod_maktablarida_ilk_bor
#Turk_tilini_bilish_xalqaro_sertifikati

🇹🇷 Ogahiy nomidagi ijod maktabida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, turkiyalik o‘qituvchi Ogun Yavuz ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.

📑 Maktabning bilimdon, iqtidorli o‘quvchilaridan, 11-"A" sinf o'quvchisi

Zarina Bahodirova turk tilidan Level B2 darajasini
qo‘lga kiritdi.

Zarinaning kelgusidagi o‘qishlariga ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

17-sentabr – o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor tavallud topgan kun.

✔️ Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyalari va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirib kelgan, ammo u romannavis va dramaturg sifatida ham mashhur. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari — sog‘lom aqli, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligi namoyon bo‘ladi. Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Abdulla Qahhorga o‘limidan so‘ng “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.

Adib fikrlaridan:

Asar o'quvchida qanday ta'sir qoldirsa, uni qaysi yo'lga boshlasa, g'oyasi o'shanda.

Taningda filning kuchi, chumolining g'ayrati bo'lsin.

Olamga eshikning tirqishidan qarash kerak emas.

Odamning yomoni bo'lmaydi. Birov tosh, birov gul, o'z joyida ikkovi ham yaxshi.

Qiyinchilik aqlning charxi-yu, g'ayratning qayrog'i bo'lar ekan.

Inson hamma yerda ulug'... Uning ulug'ligi qo'lidan kelgan ishlarda, yaratuvchiligida ko'rinib turadi.


🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#XUSHXABAR
#TURK_ANTOLOGIYASI

🇹🇷 Turkiyaning “Arslan Bayir - Baygench” nashriyoti tomonidan “O'zbekistonning iste'dodli ovozlari" nomli antologiya nashr etildi.

📖 E'tiborli jihati, ushbu to‘plamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf iste'dodli o'quvchisi Dosimova Zilolaning hikoyasi ham chop etildi.

👨‍🏫 Biz bunday ijodkor o‘quvchlarimiz bilan doimo faxrlanamiz. Ularni e'tirof qilishdan aslo charchamaymiz.



O'quvchilarimizning eng yangi yutuqlari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM