XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#10_fakt

SUV HAQIDA QIZIQARLI 10 TA FAKT

Chanqoqni his qildingizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu organizmingizning biroz suvsizlanganidan darak.

Bilasizmi, inson tanasining taxminan 60% qismi suvdan iborat. Bu shuni anglatadiki, tananing me'yorida ishlashiga suvsizlanish salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Keling, nima uchun suv ichish kerakligini bilib olaylik?

1️⃣ Inson suvsiz bir necha kun yashay oladi.

2️⃣ Suv saraton kasalligining oldini oladi.

3️⃣ Ko‘plab ilmiy izlanishlar suvning kayfiyatga ta’sir qilishi, g‘azab va hayajonni kamaytirishi mumkinligini isbotlagan.

4️⃣ Suv mushak to‘qimalarining 75% ini tashkil qiladi.

5️⃣ Suvsizlanish zaiflik, charchoq va bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

6️⃣ Suv bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi.

7️⃣ Suv tanadan bakteriyalarni tozalashga ko‘mak beradi.

8️⃣ Suv bosh og‘rig‘ining oldini oladi. Ba’zida bosh og‘rig‘iga oddiy suvsizlanish sabab bo‘lishi mumkin.

9️⃣ Ba’zida inson chanqagan bo‘lsa ham ochman, deb o‘ylaydi.

🔟 Suv tanadagi ozuqa moddalarining to‘g‘ri so‘rilishi uchun juda zarurdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Mahorat_darsi
#Hamkorlik

🇺🇿 O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladigan "Mahorat darslari" reja-jadvaliga ko'ra

📆 Sentabr oyining 15-sanasida Ogahiy ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchilariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Rahimboy Karimov tomonidan "Publitsistika janri haqida" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

📝 Xorazm adabiy muhitida yaratilgan maqola, ocherk, lavha, hikoyalardan misollar keltirilib uslublar bo‘yicha alohida ma'lumotlar berildi.

➡️ Dars davomida ustoz ijodkor Rahimboy Karimov o‘zi tomonidan yozilgan ijod namunalardan o‘qib berdi. Mahorat darsi qiziqarli savol-javob asosida o‘tdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Hamkorlik

🔗Maktab va oliy ta'lim hamkorligi

🗒 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti bilan hamkorligi doirasida mazkur maktabda Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan yangi o‘quv yilidan mahorat darslari yana yo‘lga qo‘yildi.

🔹
Joriy yilning 15-sentabr kuni Filologiya fakulteti “O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti I.Ismoilov "Ogahiy ijodini oʻrganish boʻyicha yangi tadqiqotlar mazmuni" mavzusida mahorat darsi tashkil qildi.

🌐
Telegram | Facebook
#yangiliklar

2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi

Yangi Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

O‘zbekistondagi birinchi ana shunday amaliyot 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Yaʼni ushbu bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun, 2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni sifatida belgilandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Toʻgarak_jarayoni

▶️
Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilingan

⚙️ Robototexnika - (rahbari X.Razzoqov)
🏹 Kamondan o'q otish - (rahbari M.Tojiyev)

to'garaklari faoliyatidan lavhalar.

🌐
Telegram | Facebook
#Adabiy_tadbir
#Hamkorlik

"OGAHIY ASARLARIDA TABIAT MANZARASI" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI.

🔰15-sentabr sanasida Ichan qal'a muzey qo'riqxonasi va
Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda Ogahiy uy muzeyi oldida "Ogahiy asarlarida tabiat manzarasi" nomli adabiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔸
Tadbir yuqori saviyada o'tkazildi. Ichan qal'a muzey qo‘riqxonasi rahbari Shokirjon Madaminov, mehnat faxriysi Otanazar Pirnazarov, ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayevlar Ogahiy hayot yo‘li va beqiyos merosi bo‘yicha qimmatli ma'lumotlardan o‘rtoqlashdilar.

🔹Ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari Ogahiy g'azallaridan, o'z ijodlaridan namunalar, kuy va qo'shiqlarni mahorat bilan ijro etdilar.

🌐
Telegram | Facebook