XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
19.7K photos
1.31K videos
32 files
6.03K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Summativ_baholash

⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati tashabbusi bilan tumanda mavjud 33 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va metod birlashma rahbarlari uchun "Yangi baholash tizimi" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

📊 Seminar yakunida qatnashuvchilardan baholash tizimi bo'yicha test olindi.

🌐
Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi bo'yicha tajriba-sinov uchun tanlab olingan Xorazm viloyatidagi umumta'lim maktablariga biriktirilgan Ixtisoslashtirilgan maktablar trenerlari tomonidan reja bo‘yicha seminar va treninglar tashkil qilinib borilmoqda.

📸 Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabining trener o'qituvchilari J.Alimov va M.Xasanovlar tomonidan tumandagi 22- son maktabda yangi baholash tizimi bo'yicha oʻtkazilgan seminar treningdan lavhalar

🌐
Telegram | Facebook
#Summativ_baholash
#Urganch_shahar_1_son_IMI

❗️Ma’lumki, formativ-summativ baholash tizimini joriy o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko’zda tutilgan.

Ushbu jarayonlarda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglar trener qilib belgilangan.

Bugun Urganch shahar 1-son IMIning trener o‘qituvchilari S.Jumaniyozova va R.Matrasulovalar tomonidan Xorazm viloyati pegagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish markazi metodistlari uchun test jarayonlari tashkil qilindi.

📌 Maqsad: yangi baholash tizimi yuzasidan mavjud bilim va ko‘nikmalarning diagnostik tahlilini o‘tkazish va kelgusida hamkorlikda qilinadigan ishlarning rejasini shakllantirish.

🌐
Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

🔰 Joriy yilning 19-sentabr sanasida yangi
baholash tizimi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchisi M. Masharipov tomonidan

✔️Xiva shahar 11-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga "Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida mahorat darsi oʻtildi. O'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

Xonqa tumanidagi 1-sonli umumta‘lim maktabida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" bo‘yicha trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

✔️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi trener-o‘qituvchilari B.Tajibayev va O.Egamberdiyevlar tomonidan tashkil qilingan trening davomida maktab direktori, O‘IBDO‘, fan o‘qituvchilari va o‘quvchilarning belgilangan vazifalar bilan tanishtirildi.

▪️ O‘qituvchilar yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi tizimi joriy etilayotgan maktablarda "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" mavzusidagi seminarlar davom etmoqda

Urganch shahar 5- va 15-son maktab o'qituvchilariga A.Bekberganov hamda D.Xo'jayazovalar,

Urganch shahar 13-son maktabda R. Matrasulova, metodistlar N.Axmedova, H.Jabborova va T.Yusupovlar,

Xonqa  tumani 48-son ixtisoslashgan maktab-internatida M.Xasanov, U.Qodirovlar seminar- trening mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

📌Seminarlarda ayni maktablarda dastlabki BSB nazoratlari o'tkazila boshlangan davrda yuzaga kelayotgan savollarga javoblar berilib, formativ baholash to'g'risidagi fikrlar muhokama qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi bo'yicha:

Shovot tuman IMIning trener o'qituvchilari I.Matmuratov va H.Olimovlar tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabning pedagogik jamoasi bilan

Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchisi M. Masharipov tomonidan Xiva tuman 8-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga

Yangibozor tumani IM trener-o‘qituvchilari Z. Vaisova va S. Raximboyevalar tumandagi 33-IDUMning pedagoglari bilan

"Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida navbatdagi trening mashg‘ulotlarini olib bordilar.

🌐 Telegram | Facebook