XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI 205 TA MAKTAB HAMDA “YANGI OʼZBEKISTON” UNIVERSITETI 2023/2024-OʼQUV YILIGA TAYYOR!

Ular
:
14 ta Prezident maktabi;
9 ta Ijod maktabi;
182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati;
“Yangi Oʼzbekiston” universitetidir.

🔔 Eslatib o‘tamiz, bugun, 4-sentabr kuni barcha maktablarimizda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot uchun, yangi 2023/2024-oʼquv yiliga Prezident maktablariga 336 nafar, ijod maktablariga 460 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 11 444 nafar, shundan yangi tashkil etilgan 13 ta maktabga 1344 nafar, “Yangi Oʼzbekiston” universitetiga 475 nafar o'quvchilar imtihon asosida saralab olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларда янги ўқув йилига тайёргарлик

АОКАда Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги ахборот хизмати раҳбариЖўрабек Жангиров иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали
тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Assalom_maktab

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!

🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida 2023-2024 o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚡️ Boshlanayotgan yangi o'quv yilida ota-onalar tomonidan barchaga katta muvaffaqiyat va zafarlar tilandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Assalom_maktab

🛎 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida 2023-2024-o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbirda maktab direktori Sarvar Abdullayev so'zga chiqib boshlangan yangi o'quv yili bilan va 7-sinfga qabul qilingan o'quvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod qilib bir qator erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.

🔻Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan o‘z ijod namunalari va musiqiy teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etildi. O‘tgan o‘quv yilidagi munosiblar va maktab uchun eng quvonchli xabar sohibi "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sovrindori Javohir Karimov e'tirof qilib taqdirlandi.

➡️ Tadbir yakunida barcha sinf o'quvchilari "Iste'dodlar markazi"da bo'lib o'tadigan "Mustaqillik darsi" ga yo'l oldilar.

🌐 Telegram | Facebook