XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Oʻquv_seminar
#Yangi_baholash_tizimi

🔸Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida"gi 248-son hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2023-yil 18-avgustdagi 90-AF-son buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-22-avgust kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan maktablarga biriktirilgan trener-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar" tashkil etilmoqda.

Bugun Xorazm viloyati bo'yicha 42 nafar trener-o‘qituvchilar seminar jarayonlarida qatnashmoqdalar.

🌐
Telegram | Facebook
Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi 60-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva:
Yurtimizda ta’limga katta e’tibor berilayotganligi sababli ayni vaqtda maktablarimiz infratuzilmasi kundan-kun yaxshilanib boryapti. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti.

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi. Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va qo‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga
ham ularni yetkazishadi.

✔️ Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova so‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib borayotgani hamda maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinayotganligi aytib o‘tdi.

❗️Tadbir davomida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan tayyorlangan virtual laboratoriyaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga “Global Teacher Prize” tanlovining milliy bosqichiga start berildi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💎 "Ichanqal'a chorlar"

🎙 She'rni Sarvar Abdullayev o'qidi.

*
*
**


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:@piima_xorazm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahrida Yangi nafas sport marafoni bo‘lib o‘tadi

🏃🏻‍♂️
Barcha yugurish havaskorlari diqqatiga !

Joriy yilning 3- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan Xiva shahrida Yangi nafas sport marafoni bo‘lib o‘tadi. Yangi nafas sport marafonining harqanday tayyorgarlik darajasiga ega ishtirokchisi uchun optimal masofa uzunligi 3 km. Musobaqada ishtirok eting va o'zingizni sinab ko'ring.

3- sentabr kuni “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!”

🌐 Telegram | Facebook
⚡️OʻQUVCHILARIMIZ HECH QANDAY IMTIYOZSIZ, OʻZ BILIMLARI BILAN XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA KIRISHMOQDA

❗️14 ta Prezident maktabini 326 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌎 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Ularning 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
45 nafar bitiruvchilar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

❗️9 ta Ijod maktabini 223 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌍 33 nafari nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi.
217 nafar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning 83 nafari grant, 134 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

❗️3 ta tayanch (Abu ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi) ixtisoslashtirilgan maktabini 218 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌏 31 nafari nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi.
187 nafar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning 66 nafari grant, 121 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM