XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
👋 😉 Hammaga salom!
Qanday qilib eko-faol bo‘lish mumkin, degan savol ko‘p-ko‘p berilmoqda. Maktabni bitirgan bo‘lsangiz yoki maktabingiz "Eco-schools" loyihasi ishtirokchisi bo‘lmasa, qanday qilib eko-harakatga qo‘shilish mumkin? Tadbirlarimizda qanday qatnashsa bo‘ladi?

Bajonidil javob beramiz: zamineducation.uz platformasida, "Eco-schools" sahifasida siz uchun kichik so‘rovnoma tayyorladik. Marhamat, kiring.

Ro‘yxatdan o‘ting va biz sizlarni barcha tadbirlarga taklif qilamiz!
So‘rovnomani shu yerda to‘ldirish mumkin.

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bolalar maktabda o‘zini bexavotir va xotirjam his qilsa, albatta, bu kayfiyat ularning o‘zlashtirishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Maktabdagi ijobiy muhitni belgilovchi eng asosiy omillardan biri bu o‘qituvchilarning o‘z kasbiga muhabbati hamda jamoadagi o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatdir. Bunday maktabda taʼlim olgan bola kelajakda, albatta, o‘z yo‘lini topib, jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib kamol topadi. Jamoada do‘stona muhit bo‘lsagina, ijobiy natija haqida gapirish mumkin.

Bugun Buxorodagi 2-umumtaʼlim maktabining pedagogik jamoasida ana shu do‘stona muhitning guvohi bo‘ldim. Maktab jamoasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.

Taʼlim maskanida 20 yildan ziyod faoliyat yuritayotgan pedagoglar bor. Maktab rahbari tashabbuskor, jamoa esa juda ahil. Taʼlim maskani o‘ziga xos tarixga ega. Yangi zamonaviy bino bo‘lmasa ham, taʼlim sifati nihoyatda yuqori. Tabiiyki, maktabda o‘quvchilar ham iqtidorli. Yaqinda Xalqaro SAT imtihonida yuqori ballni qo‘lga kiritib, rekord natijani qayd etgan o‘quvchi ham aynan shu maktab bitiruvchisi Parviz Tuksanov bo‘ladi. U avvalgi yil ham IELTS imtihonida 8.5 ballni qo‘lga kiritib, tengdoshlari orasida yuqori natijani qayd etgan ekan. Parviz aynan shu maktab bitiruvchisi ekanligi yuqoridagi fikrlarimga yaqqol dalil bo‘la oladi.

Maktab jamoasi allaqachon yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. O‘ylaymanki, o‘qituvchilarning xushkayfiyati yangi o‘quv yilida ularga hamroh bo‘lib, o‘quvchilarining taʼlim-tarbiyasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
😎Xalqaro grantlar g‘olibi bo‘lishning eng samarali 11ta strategiyasi

Aziz yoshlar, Sizlar uchun 12-avgust kuni respublika va xalqaro miqiyosdagi grant hamda stipendiyalarga qanday qilib erishish bo’yicha bepul webinar tashkil etilyapdi.

Webinar spikeri Iroda Ismailova - Germaniya Federativ Respublikasi Fridrix Shiller universiteti xalqaro magistratura bosqichi bitiruvchisi bo‘lib bugunga qadar Prezident stipendiyasi, xalqaro DAAD magistratura stipendiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi Bundestag Prezidenti stipendiyasi, ERASMUS+ stipendiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi stipendiyasi kabi xalqaro va Respublikamizning 9ta stipendiyalari g‘olibi bo‘lgan.

Webinar 12-avgust kuni soat 10:00da Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo’lib o’tadi.

@yoshlaragentligixorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

📝Ular:

Diyorbek Shokirov – IELTS 7
Yusufboy Komiljonov – IELTS 7
Asadbek Fayzullayev – IELTS 6.5
Yo'ldoshev  Nodirbek IELTS 6.5
Sevinchoy Yoʻldosheva  – IELTS 6
Dilnoza Xudoyorova – IELTS 6
Zuhra Otabekova – IELTS 6
Dilnura Xudaynazarova – IELTS 5.5

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

❗️ Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.
___________

2023/2024 учебный год в школах начнется 4 сентября

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» в честь Дня Независимости 2 сентября - суббота установлена в качестве дополнительного выходного дня, в связи с чем 1-3 сентября считаются выходными днями.

❗️ В связи с этим сообщаем, что новый-2023/2024 учебный год во всех школах республики начнется с 4 сентября 2023 года (понедельник).

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔅Ko‘hna Xivada  “Qovun sayli” festivaliga start berildi

Bugun Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tmoqda.  Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Xorazmning agroturizm salohiyati namoyishi, vohaning qadimiy polizchilik tajribasini, shirin-shakar qovun-tarvuzlar va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirishdir.

Ushbu qovun saylida Urganch davlat universiteti o‘ziga ajratilgan povilonda o‘z tajriba dalasida yetishtirgan mevalar va poliz ekinlari, shuningdek, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan qovun, handalak va tarvuzni chiqindisiz texnologiya asosida qayta ishlash orqali 30 nomdagi 93 tur bir-biridan farq qiluvchi eksponatlar bilan faol qatnashmoqda.

Xorazmbugun xabarlari 👈🏻
#Yangiliklar

"Qovun sayli" festivali ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda

✔️ Festivalning birinchi kunida ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Festival doirasida xorijlik hamda mahalliy sayyohlar madaniy chiqishlar, agroturizm namoyishilaridan bahramand bo'lishmoqda.

⚡️ Festival bugun ham davom etadi.