XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Konstitutsiya_kuni

🇺🇿 8- dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni !

🎉 Bugun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

📌 O‘quvchilar Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati bo‘yicha bellashuv tarzida o'z bilimlarini namoyish etishdi.

📘 Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va meyoriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.

🎉 Barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan muborakbod etamiz.


https://t.iss.one/piima_xorazm
#savolga_javob

Oʻzbekcha soʻzlar maʼnolarini va imlosini qaysi saytdan topsak boʻladi?

Men saytlardan emas, bevosita lugʻatlardan foydalanishni tavsiya qilaman, chunki saytlardagi maʼlumotlarning manbasi — lugʻatlar.

1. Soʻzlarning maʼnolarini bilish uchun «Oʻzbek tilining izohli lugʻati»dan foydalaning. Imkon boʻlsa, 2020-yilda yangitdan nashr etilgan 5 jildli bosma shaklidan foydalaning, boʻlmasa — eski nashrini yuklab olishingiz mumkin:
• Oʻzbek tilining izohli lugʻati

2. Soʻzlar imlosi bobida hozircha 2013-yilda chop etilgan «Oʻzbek tilining imlo lugʻati» akademik nuqtayi nazardan nufuzliroq boʻlib turibdi. Bu lugʻat lotin alifbosida kanalimizga joylangan:
• Lotin alifbosida

👇manba
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (Otabek Karimov)
MATEMATIKA, FIZIKA, KIMYO, BIOLOGIYA FANLARIDAN O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI YANVAR OYIDA O‘TKAZILADI

🔰Olimpiadaning Respublika bosqichi 2023-yil 6-7-yanvar kunlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta’lim maktabida 2 kun davomida tashkil qilinadi.

🔰BIRINCHI KUN: Ishtirokchilarga 5 ta masaladan iborat yozma ish taqdim qilinadi va 3 soat vaqt ajratiladi.
❇️1-2-savol (sodda daraja)-8 ball,
❇️3-4-savol (o‘rta qiyinlik daraja)-10 ball,
❇️5-savol (qiyin daraja)-14 ball, JAMI: 50 ball.

🔰IKKINCHI KUN:
Ishtirokchilarga fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik qism va test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, metodik qismda taqdim etilgan topshiriqlar yechimlari keltirilgan misol va masalalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yechilganligini izohlab, har bir masalani baholash talab etiladi. Buning uchun 2 soat vaqt ajratiladi va 50 ball bilan baholanadi.

🔰TAQDIRLASH:
Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra g‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
#huquqiy_savodxonlik
#Konstitutsiya_kuni

🏤 Yangibozor tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda "Barkamol avlod bolalar maktabi" hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Konstitutsiya-baxtimiz poydevori" mavzusida huquqiy bellashuv o‘tkazildi.
✔️ Ishtirokchilar 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

🏆PTMA tizimidagi Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabining 7-b sinf o‘quvchisi “KVILLING” to’garagi a'zosi Qo’ziboyev Aslbek bellashuvda ishtirok qilib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🎉G'olib o'quvchimiz faxriy yorliq va estalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. Qo‘ziboyev Aslbekni ushbu g‘alabasi bilan tabriklaymiz!

📌Bizni kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook
#Isteʻdodlar_yolqini
#Kutilmagan_tadbir

"ISTE'DODLAR YOLQINI" IJODIY TADBIRI O‘TKAZILDI

💠 Joriy yilning 6-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida ijodiy madaniy targ‘ibotchi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida "Nasr" to‘garagi a'zolari bilan "Iste'dodlar yolqini" nomli ijodiy sahnalashtirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

♻️ O‘quvchilarning iste'dodini kashf qilishga yo‘naltirilgan ushbu tadbirda Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asari, Oskar Uayldning "Baxtiyor shahzoda", Aziz Nesinning "Paypoq sovg‘a qilma", Molyerning "Tartyuf", Vilyam Shekspirning "Hamlet" asarlari sahnalashtirildi. O‘quvchilarning o‘z she'ri asosida ishlangan "Yolg‘iz xurmacha" animatsion videoroligi namoyish etildi.

➡️ Bundan tashqari jahon adabiyotidan qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bobur Sa'dullayev ijodiy tadbir haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|