XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Prezident_maktablari

Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktablari bitiruvchilari uchun “Yangi O’zbekiston yoshlari” nomli tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o’quvchilarni samimiy tabrikladi:

- Bugungi tadbirni so’nggi qo’ng’iroq emas, balki oldindagi marralar tomon birinchi qadam deb hisoblang. Doimo eng yuksak cho’qqilarni ko’zlang, ulkan maqsadlarga intiling! Parvozingiz hamisha baland bo’lsin!


✔️ Ma’lumot o’rnida, 14 ta Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik madaniy tadbirlar tashkil etilgan bo’lib, tadbir avvalida“MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📍
Shuningdek, Prezident maktablari bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalarida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍2
#Tabriklaymiz
#Viloyat_hokimi_stipendiyasi

⚡️ Viloyatimizda ilk bor umumiy o'rta ta'lim maktablari, professional va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli va ijodkor yoshlar uchun ta'sis etilgan "Viloyat hokimi stipendiyasi" sohiblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

✔️ Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Raximov 21-iyun kuni 26 nafar iqtidorli yoshlarga maxsus sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

📍Ma'lumot o'rnida, viloyatdagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 3 nafar:

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi:
⭐️ Urazmatova Sevinchoy
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari:
⭐️ Ravshanbekova Gulmira
⭐️ Saparboyeva Ziyoda
lar ham viloyat hokimi stipendiyasi sohibi bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#ijod_maktabi
#10_iyun_30_iyun

❗️2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarga qabul 7-sinfga bo‘lib o‘tadi.

🗂 Ijod maktablarining qabul kvotalari

📝 Ijod maktablaridagi o‘quvchilar bo‘sh o‘rinlari

🪪 Ma'lumot uchun, Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabiga resbublikaning istalgan hududidan o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

🏢 Hozirgi kunda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidan boshqa barcha ijod maktablarida yotoqxonalar mavjud.

🎞 Lavha — Prezident.uz

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari SEAMO Xalqaro matematika olimpiadasida g‘olib bo‘lgan edilar.

🥉 6-02 sinf o'quvchisi Baxtiyarov Bilolbek;
🥉7-01 sinf o'quvchisi Hakimova Madinabonular bronza medali va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

O'quvchilarni tabriklab, keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz!

📌Ma‘lumot uchun, mazkur olimpiada 2022-yil 23-oktabr sanasida bo‘lib o‘tgan edi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#psixologik_trening

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabi psixologi N.Kariyeva tomonidan 2022- 2023-o'quv yilining so'ngida "Gratitude day" nomi ostidagi psixologik treningi tashkil etildi.

❇️ Trening tashkil etishdan asosiy maqsad o'quv yilini yuqori kayfiyatda yakunlash, hayotga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish, eng asosiysi minnatdorchilik, shukronalik hislarini yanada chuqurroq shakillantirish va o'zaro mehr-oqibatni mustahkamlashga qaratilgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍2