XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Davlat_imtihoni

IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA

❗️9-11-sinf o'quvchilariga matematika, fizika, ingliz tili, ona tili va adabiyoti, O'zbekiston tarixi, kimyo, biologiya fanlaridan yakuniy davlat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Maktab rahbarlari imtihon jarayonlarini nazorat qilib bormoqdalar. Mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
27- may kungi jarayonlardan fotolavhalar:

▫️Yangiariq tumani IM
▫️Qo‘shko‘pir tumani IM
▫️Yangibozor tumani IM
▫️Hazorasp tumani IM
▫️Bog'ot tumani IM

O'quvchilarga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

🌐
Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

📌Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

▫️Ogahiy ijod maktabi
▫️Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida

9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan yakuniy davlat attestasiya imtihonlari jarayonlaridan lavhalar.
27.05.2023

🌐 Telegram | Facebook
#Foydali

Yozgi taʼtil ssenariysi

Bolalar har yilgi yozgi taʼtilni intiqlik bilan kutishadi. Yozgi taʼtilning yaqinlashishi ota-onalar uchun ham alohida bosh qotirishni talab qiladi: “Bu yozdan bolalar bilan qanday qilib zerikishsiz chiqib olish mumkin, qanday qilib ularni ham xursand qilish, ham foydali mashgʻulotlar bilan band boʻlishlarini taʼminlash mumkin?”

Biroq, koʻpchilik ota-onalar yoz bolalar uchun oʻzlashtirilmay qolib ketgan chet tili kurslari yoki matematikani oʻzlashtirish vaqti boʻlib xizmat qilishi kerak deb oʻylashadi. Lekin oʻzingizni farzandingizning oʻrniga qoʻyib koʻring, “endi maktab tugadi deb quvonganimda yana darslarmi!?” degan boʻlar edingiz.

Quyida sizga farzandingiz uchun ham qiziqarli, ham foydali boʻladigan, eng muhimi ota-ona va farzand oʻrtasida yanada iliq munosabatni shakllantiradigan “Yozgi taʼtil ssenariysi”ni taqdim etamiz.

Batafsil: https://telegra.ph/Yozgi-tatil-ssenariysi-05-27
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Drama_Club

⚡️Kim yurtiga sodiq bo'lsa,
MENDIRMAN O'SHA...

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida "Drama" to'garagi rahbari tomonidan hisobot spektakli sifatida tayyorlangan "JALOLIDDIN MANGUBERDI" spektakli namoyishi bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

Spektakldan qisqa videorolikni e'tiboringizga havola etamiz.

🌐
Telegram | Facebook
#Tashabbus

TANIQLI OLIM IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA KUTUBXONA TASHKIL QILDI VA STIPENDIYA TA'SIS ETDI

Kitobim, barchadan boyim o’zingsan,
Tunimni yoritar Oyim o’zingsan.
Badanim ilmga tashnalab tursa,
Sug’orib turuvchi soyim o’zingsan.

📚 Taniqli ogahiyshunos olim, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Madrahim Safarboyevning Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida a’lochi o‘quvchilar uchun o‘zining nomidagi stipendiya (pul mukofoti) ta’sis etishi va kutubxona tashkil qilish to‘g‘risidagi tashabbusi barchani quvontirdi.

✔️“Madrahim Safarboyev nomidagi kutubxona” uchun yangi qurilgan yotoqxonadagi o‘quv zaliga mo‘ljallangan xona ajratildi va zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

Agentlik Olimpiadasi hududiy bosqichida g'olib bo‘lgan o‘quvchilarga M.Safarbayev tomonidan

1-o'ringa 400 ming so'm,
2-o'ringa 300 ming so'm
3-o'ringa 200 ming so'm pul mukofotlari berildi.

🌐 Telegram | Facebook