XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20K photos
1.33K videos
32 files
6.09K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_69_yilligi

🎞𝙑𝙞𝙙𝙚𝙤𝙧𝙤𝙡𝙞𝙠

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning
6-"A"sinf o'quvchisi
𝙎𝙝𝙪𝙭𝙧𝙖𝙩𝙤𝙫𝙖 𝘽𝙤𝙣𝙪 tomonidan tayyorlandi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_69_yilligi
#chellenj

🎞 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Salomat Rajabova rahbarligida yuqori sinf o'quvchilari tomonidan chellenj tayyorlandi.

🌐 Telegram | Facebook
DIQQAT, E'LON!!!

📣 BIZ SIZGA YANADA YAQINROQMIZ

⚡️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida endilikda saralash imtihonlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

📍
Abituriyentlar o'zlariga yaqin bo'lgan respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 13 ta Prezident maktabida shuningdek, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon topshirishlari mumkin.

📌 Hoziroq o‘qishga hujjat topshiring va qaysi hududda imtihon topshirishingizni o‘zingiz tanlang.

❗️Hozirgi kunga qadar hujjat topshirgan abituriyentlar ham qayta imtihon topshirish manzilini o‘zgartirishlari mumkin.

📩 Ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

🗓 Keyingi imtihon joriy yilning 20-may sanasida o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_maktabi
#GMAT_Sertifikati

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o'qituvchisi Raximov Rasulbek Xushnudovich xalqaro GMAT sertifikatini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 2022-2026-yillarda Xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli farmonining 9-bandida Xalq ta'limi (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi) tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama to'lanishi belgilangan.

Maktab jamoasiga yutuq muborak bo'lsin!


🔰 Bizni  kuzatib boring:
🔹
@piima_xorazm
🔹
@BagatPSchool
#Musobaqa

AKT - zamon talabi

🌐 Zamonaviy jamiyatdagi axborotlashtirish jarayonlari, shuningdek, ular bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ta'lim faoliyatini isloh qilish zamonaviy AKTni takomillashtirish va keng tarqatish bilan tavsiflanadi.

💥 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida informatika mashg'ulotida 5-9-sinflarida "Stamina trenajorida tez yozish" bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Musobaqada 9-A sinf o'quvchisi Amonboyev Mahkam g'olib bo'ldi.

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologik_faoliyat

➡️ Joriy yilning aprel oyida Ogahiy nomidagi ijod maktabi amaliyotchi psixologi tomonidan 10-"A" sinf o‘quvchi qizlari bilan diqqatni jamlovchi va jipslashtiruvchi treninglar o‘tkazildi.

🔻 Marhamat, jarayonni videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi.

Olimpiadaning respublika saralash bosqichi 29-30-aprel kunlari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tashkil etiladi. Saralash ikki bosqichdan iborat bo‘lib 2 kun davomida, 1-kun test va 2-kun biznes taqdimoti o‘tkaziladi.

🎯 Test topshiriqlar hamda biznes taqdimot ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Birinchi bosqich 30 ta testdan iborat bo‘lib, dastlabki 10 tasi sodda (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

‼️1-kun natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-10 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar keyingi 2-bosqichga (30-aprel kuni bo‘ladigan biznes taqdimoti) o‘tadilar.

Ikkinchi bosqichda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan mavzuga ishtirokchilar 45 daqiqa davomida biznes taqdimotlarini tayyorlab hakamlar hay’atiga og’zaki taqdim qiladilar. Biznes taqdimot uchun har bir ishtirokchiga 10 daqiqa vaqt ajratiladi, savol-javob uchun 5-10 daqiqa.

🔹Biznes taqdimotni baholash mezoni:
1. Muammo(lar) va maqsadlarni tog‘ri belgilash va yoritish (1-2 slayd).
2. Ishlatiladigan mavzuga oid biznes terminlarni to‘liq tavsifini aniq tushunturib o’tish (1-2 gap har bir termin uchun)
3. Biznes model (3-6 slayd; qualitative: PESTEL/SWOT and etc, qualitative: moliyaviy ko’rsatkichlar) larning tahlilini kengligi va chuqurligi;
4. Chetdan tashqari mavzuga oid fikrlash qobiliyati (creativity);
5. Mantiqiy tahlillar (chain of analysis);
6. Muqobil yechimlarning mavjudligi (evaluation);
7. Taqdimot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;

🔹 Baholash mezoninig har bir bo‘lim 1 dan 10 gacha baholanadi va hakamlar hay’ati a’zolari har bir ishtirokchilarni aloxida baholaydi va jarayon yakunida umumiy ball hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-5 o‘rinlarni egalagan ishtirokchilar O‘zbekiston terma jamoasiga kiritiladi va xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2023)da ishtirok etadilar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
🤔 Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga befarq bo‘lmaylik!

📝 Sizning ushbu so‘rovnomada ishtirokingiz ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 👇👇👇

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
#Lazgi_festivali

⚡️ Avvalgi xabarlarimizda Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari o'rtasida "Lazgi festivali" bo'lib o'tganini aytib o'tgan edik.

⚜️Festival ishtirokchilari hakamlar tomonidan munosib baholanib, g'oliblar taqdirlandi.

📸 Jarayondan fotolavhalar

🌐
Telegram | Facebook
5️⃣Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo‘lishi lozim

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi:

Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.

Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi.

Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.

Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

Batafsil
✍️✍️✍️✍️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi brifingi
#27apr #uzbekiston24

❗️Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan


A'zo boling:
🚀 https://t.iss.one/J_Jangirov

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM