XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VAZIR MUNOSABATI

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi holat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan nazoratga olindi.

Ayni damda zo'ravon o'qituvchi hibsga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Ayol o'qituvchilar esa shifoxonada vazir ularning holatini o'z nazoratiga oldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Davra_suhbati

🌱 Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xonqa tuman bo‘limi vakillari tomonidan Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o‘quvchilari bilan ”Ekologik madaniyat: atrof-muhitni himoya qilish vazifamiz, kelajak oldidagi burchimiz“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🌿 Davra suhbati davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Ekologik Partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ”Atrof-mugit sog‘ligi - hayot-mamot masalasi” hamda ”Tabiiy resurslar - Konstitutsiya muhofazasida!“ nomli bukletlar tarqatildi. Shuningdek, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan yangi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

✔️ Ixtisoslashtirilgan maktablarimizdagi ochiq darslardan lavhalar:

📍Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida kimyo fani o‘qituvchisi Gulbahor Allaberganova 9-B sinf o‘quvchilari bilan "Misning ikki valentli tuzlaridan mis (ll)-gidroksidi olish va u bilan tajribalar o'tkazish" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o'tkazdi.

📍Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
da  matematika  fani o'qituvchilari  Durposhsha Bobojonova tomonidan  6-a sinfda,
Manzura Odilbekova  tomonidan 6-b sinfda "O'rta arifmetik, moda, mediana, o'zgarish kengligi" mavzusida ochiq darslar tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangiliklar

VENERAGA O'XSHASH SAYYORA TOPILDI

🪐 Massachusets shtatining Kembrij shahridagi Garvard-Smitson astrofizika markazining xalqaro astronomlar jamoasi Venera kattaligidagi sayyorani topdi.

LHS 475 b Yerdan 40 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. LHS 475 b NASAning tranzit usuli yordamida ekzosayyoralarni qidiradigan Transiting Exoplanet Survey Satellite (TESS) apparti tomonidan aniqlandi.

📍 LHS 475 b Yer radiusining 0,955 radiusiga ega va ona yulduz atrofida 48,7 soatda aylanadi, undan 0,02 astronomik birlik masofada joylashgan. Bu Quyosh bilan Merkuriy oralig'idagi masofadan taxminan 15 marta yaqinroqdir. Sayyora yuzasining ichki qismining issiqligi va atmosferaning ta'sirini hisobga olmaganda muvozanat harorati 587 kelvinni tashkil qiladi. Uning og'irligini aniqlashning iloji bo'lmagan bo'lsa-da, u qoyalarga ega va Yernikiga o'xshash yer osti tarkibiga ega, deb xabar beradi lenta.ru.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

🪐 Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos.

🪧 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-a sinf oʻquvchilari fizika fanidan loyiha ishida berilgan mavzular asosida taqdimot qildilar.

⭕️
Fan o'qituvchisi Gulchehra Yo'ldasheva rahbarligida o'quvchilar taqdimotlarini namoyish qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kasbga_yoʼnaltirish

🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchilari Shovot tuman "UZTEX GROUP" MCHJ korxonasida bo'lishdi.

🔰O'quvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichlari, mahsulotni qadoqlash ishlari hamda korxona mahsulotlarini eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

📌Shu bilan birga o'quvchilar korxonada amaliyot o'tashdi. Korxona mutaxassislari bilan suhbatlashib korxona faoliyati haqidagi o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook