XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.8K photos
1.42K videos
32 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xiva_Prezident_maktabi
#Sumalak_sayli

Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro'z.

❇️Xiva shahridagi Prezident maktabida "Sumalak sayli" bo'lib o'tdi. Maktabning faol yoshlari, o'qituvchilari, tarbiyachi-pedagoglari, to'garak rahbarlari va maktabning barcha ishchi xodimlari ishtirok etgan "Sumalak sayli" haqiqiy bayram tadbiriga aylanib ketdi.

🌸Saylda o'quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri taqdim etildi. O'quvchilar bahor, go'zallik va Navro'zni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar bilan saylga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladilar.


⬇️Bizni kuzatishda davom eting
telegram | instagram | facebook | you tube
#Dars_jarayoni

💠 Joriy yilning 14-mart kuni Urganch shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 5.01-sinfida “Профессии наших мам” mavzusida rus tili fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Darsni Yulduz Jumaniyazova olib bordi.

📌 Darsda zamonaviy interfaol o‘qitish usullaridan “Tasodifiy g‘ildirak” ("Случайное колесо"), “Teleo‘yin” ("Телеигра") mashqlari, ko‘rgazmali qurollardan foydalanildi hamda kichik guruhlarda ish olib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Eng_kitobxon_sinf
#Sayohat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan "Eng kitobxon sinf" natijalari e'lon qilindi.

🥇6-"A"sinf jamoasi
🥈5-"A"sinf jamoasi
🥉5-"B"sinf jamoasi

🏆 G'olib sinf e'lon qilinganiday Urganch shahrida joylashgan IT Park hamda Urganch shahri markaziy kutubxonasiga sayohatga olib borildi.

♻️ O'quvchilar IT Park va kutubxonadan katta taassurot bilan qaytishdi. Bu sayohat yoshlarimizning egallamoqchi bo'lgan kasblariga yanada qiziqish va ishtiyoqlarini kuchayishiga xizmat qildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat

💢 Bugun 14-mart kuni Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ”Zakovat” o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

♻️ Bahor mavsumidagi II turda o‘tkazilgan o‘yinlar davomida eng ko‘p ball to‘plagan jamoalar aniqlanib, ularga keyingi turda qatnashish imkoniyati berildi.

🌐 Telegram | Facebook